1 aprel kuni Özbekistonda birinçi bölib Jondor tumanidagi 5 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylaşgan yer uçastkalariga nisbatan huquqlarini e’tirof etiş böyiça xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengaşining qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Kadastr agentligi.
Qayd etilişiça, uşbu qaror Jondor tuman hokimi, Buxoro viloyati adliya boşqarmasi hamda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boşqarmasi rahbariyati tomonidan öz egalariga tantanali ravişda topşirilgan.
Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bölgan huquqlari tan olinadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo böladi, fuqarolar örtasidagi mulkiy nizolar, şu jumladan meros bilan boğliq nizolarga yeçim topiladi.

Şuningdek, aholining ijtimoiy muammolari (doimiy röyxatga qöyiş, moddiy yordam oliş, maktab, boğçaga joylaştiriş) hamda bino va inşootlarni kommunal tarmoqlarga ulaş böyiça masalalar hal böladi.
Ta’kidlanişiça, qonun ijrosi doimiy nazoratga olingan bölib, respublikaning barça hududlarida reja-grafik asosida huquqlarni e’tirof etiş böyiça mahalliy Kengaşlarning qarorlari qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabr oyida «Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida»gi qonun kuçga kirgan edi. Uşbu qonun bilan millionlab özbekistonliklarning kadastr hujjatlari yöq yer uçastkalari va ularda qurilgan binolarga bölgan huquqlari tan olinadi. Mazkur qonun asosida yer uçastkalari e’tirof qilinişi mumkin bölgan millionlab fuqarolar bor. Şu sababli jarayon 2028 yil 1 yanvargaça davom etişi belgilangan.

















