Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib 16 ta tuman (şahar)da quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸sanoat işlab çiqarişi hajmi örtaça 7–8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 15–17 foizga,  qişloq xöjaligi işlab çiqarişi hajmi 4–5 foizga barqaror ösişini ta’minlaş;
🔸işsizlik darajasini 4–5 foizga, kambağallik darajasini 5–6 foizga pasaytiriş, bunda Qönğirot, Asaka, Ğallaorol, Denov tumanlari hamda Marğilon şahrini işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş.

Quyidagi loyihalar işlab çiqiladi, jumladan:

🔹2025 yil 1 iyulgaça tuman (şahar)larni jadal kompleks rivojlantiriş dasturlari doirasidagi tuman (şahar)lar markazlarining işlab çiqilganiga 10 yildan ortiq muddat bölgan boş rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalaştirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan boş reja loyihalari;
🔹Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Xatirçi, Çortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Şovot tumanlari va Yangiyöl şahri markazlari va ularga tutaş hududlarda aholi va sayyohlarning yaşaşi, dam olişi va sayr qilişi hamda xizmatlar va boşqa yönalişlarda tadbirkorlik faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan master reja loyihalari;
🔹Xatirçi, Quva va Çortoq tumanlarida turizm yönalişidagi master reja loyihalari.

2026 yil 1 yanvargaça dastur doirasidagi tuman (şahar) hokimliklarida huquqiy eksperiment tariqasida “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qiliş” yangiça yondaşuvi asosida loyiha ofisi faoliyati yölga qöyiladi.