AQŞdagi NASA Langley tadqiqot markazida gipertovuşli dvigatel ustida 233 ta muvaffaqiyatli statistik sinov ötkazdi. Sinovlar Max tezlik körsatkiçlarining barça diapazonini qamrab olgan va dvigatel konstruksiyasi işonçliligini tasdiqlagan. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Gipertovuşli qurol uçun dvigatelni yaratiş bilan Buyuk Britaniya va AQŞning maxsus muassasalaridan iborat guruh şuğullanmoqda. Işlar Buyuk Britaniyaning Mudofaa fan va texnologiyalar laboratoriyasi rahbarligida olib borilyapti. Guruh tarkibidan AQŞ Harbiy-havo kuçlari tadqiqot laboratoriyasi va bir neçta hamkorlar, jumladan, UK SME Gas Dynamics Ltd kompaniyasi örin olgan.
Sinovlar 2030 yilga borib gipertovuşli qurol prototipini tayyorlaş doirasida ötkazilgan. Bu kelajakda Britaniya Qurolli kuçlariga ustunlik taqdim etişi kutilmoqda. Sinovlar olti hafta davom etgan. Dvigatel oddiy raketalarga nisbatan uzoqroq parvoz masofasini ta’minlaydi.
«Biz tobora xavfli bölib borayotgan dunyoda yaşayapmiz va qöşinlarimizni kelajak texnologiyalari bilan ta’minlaş, innovatsiyalar joriy etiş hamda raqiblarimizdan bir qadam oldinda böliş ayni vaqtda biz uçun har qaçongidan muhimroq», — deydi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili.
2024 yil dekabrda Dark Eagle nomi bilan tanilgan uzoq masofali gipertovuşli raketani (Long Range Hypersonic Weapon) muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgan edi. Noyabr oyi örtalarida esa Hindiston özining birinçi uzoq masofali gipertovuşli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgan. Raketa har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazişga qodir.

















