Germaniya Içki işlar vazirligi maktab öquvçilarini «inqirozli va harbiy harakatlar»ga tayyorlaş kerak deya hisoblamoqda. Bu haqda idora vakillariga tayanib mahalliy Handelsblatt gazetasi xabar berdi. Bunday tayyorgarlik öz içiga nimalarni olişiga aniqlik kiritilmagan.
IIVning ma’lum qilişiça, Germaniya federal yerlari maktablardagi «ta’lim şakli»ni alohida belgilaydi. Şunga qaramay, federal hukumat Fuqarolik mudofaasi va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş federal boşqarmasi bilan birga, «yoşlar va öquvçilar uçun materiallar borasida» yordam berişga tayyor.
«Xavfsizlik bilan boğliq vaziyat özgarayotgani bois fuqarolik himoyasi uçun, hatto maktab ta’limida ham köproq e’tibor qaratiş kerak», — deydi IIV vakili.
Vazirlik, şuningdek, Yevropa Ittifoqi uçun umumiy bölgan tavsiyalarga ham rioya etiş kerakligini ta’kidlagan. Unga köra, fuqarolar kamida uç kunga yetadigan suv, oziq-ovqat mahsulotlari va birlamçi zarur tovarlar zaxirasini ğamlab qöyişlari kerak. Tavsiyalar orasidan içimliklar (20 litr), don mahsulotlari (3,5 kilogramm), sabzavotlar (4 kilogramm), meva va yonğoqlar (2,5 kilogramm), sut va sut mahsulotlari (2,6 kilogramm), baliq, göşt va tuxum (1,5 kilogramm) örin olgan.
2024 yil noyabr oyida Frankfurter Allgemeine Zeitung naşri Germaniya hukumati Rossiya bilan keng kölamli mojaroga tayyorgarlik körişga qaratilgan tezkor rejani tayyorlagani töğrisida xabar bergandi. 2025 yil fevralda esa «Germaniya uçun muqobil» öta öng partiyasi mamlakatda majburiy harbiy xizmatni qaytariş taklifini ilgari surdi.

















