AQŞ prezidenti Donald Tramp mudofaa uçun 1 trillion dollarlik rekord darajadagi budjetni tasdiqlaşini aytdi.

«Biz mohiyatan trillion dollarga yaqin budjetni qabul qildik», dedi Tramp Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu bilan uçraşuvdan keyin. Trampning aytişiça, bu «harbiylarga berilgan eng katta budjet» böladi.

«Heç kim bunday narsani körmagan. Biz armiyamizni qurişimiz kerak va biz juda tejamkormiz, lekin biz qurişimiz kerak bölgan narsa armiya. Va biz kuçli bölişimiz kerak, çunki hozir atrofda yomon kuçlar köp», dedi u.

AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida şunday deb yozdi: «Rahmat, janob prezident! Tez orada: birinçi trillion dollarlik mudofaa budjeti. Prezident Tramp armiyamizni qayta qurmoqda — va tez».

Tramp trillion dollar faqat Pentagonga yoki boşqa idoralarni öz içiga olgan umumiy milliy mudofaa budjetining bir qismi sifatida ajratiladimi aniqlik kiritmadi. Ammo bu raqam, Politico qayd etganidek, bu yil Kongress milliy mudofaa dasturlari, jumladan, Pentagon uçun ajratgan 892 milliard dollardan oşadi.