AQŞ «Katta yettilik» (G7) tarkibiga kiruvçi davlatlarni Rossiyaning Sumiga uyuştirgan raketa zarbalarini qoralovçi qöşma bayonotni imzolamasligi töğrisida xabardor qildi, deb yozmoqda Bloomberg.

Diplomatik yozişmalar mazmunidan xabardor agentlik manbalarining ma’lum qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati öz qarorini «tinçlik böyiça muzokaralar uçun imkoniyat saqlab qoliş ustida iş olib borayotgani» va Rossiya hukumati bilan aloqada ekani bilan izohlagan.

2025 yilda «Katta yettilik»ka raislik qilayotgan Kanada G7’ning boşqa iştirokçilarini AQŞ qöllab-quvvatlovisiz rezolyutsiyani qabul qilişning imkoni yöqligi töğrisida xabardor qilişga majbur bölgan. Qayd etilişiça, bayonotda Sumiga hujum Rossiya uruşni töxtatiş niyatida emasligiga isbot böla olişi keltirilgan.

RF armiyasi 13 aprel kuni Sumi şahri markaziga ikkita «Iskander» ballistik raketasini uçirdi. Ukraina rasmiylarining ma’lumotlariga köra, hujum oqibatida 35 kişi, jumladan, ikki bola halok bölgan, yana 119 kişi yaralangan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujum Ukraina Qurolli kuçlarining «Seversk» tezkor-taktik guruhi qömondonlik tarkibi yiğini ötkazilgan joyga berilganini va 60 dan ortiq harbiy xizmatçi «yöq qilinganini» bildirdi. Ukrainalik ayrim rasmiylar şu kuni Sumida 117-brigada harbiylarini mukofotlaş marosimi bölib ötganini tasdiqladi. Şuningdek, tarmoqlarda halok bölgan harbiylar töğrisida bir neçta nekrologlar ham paydo bölgan.

Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilişiça, Rossiyaning Sumiga bergan zarbasidan söng 50 ga yaqin davlat va xalqaro taşkilotlar Ukrainani qöllab-quvvatlagan. Yevropaning bir qança yetakçilari, jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Çexiya prezidenti Petr Pavel va Polşa boş vaziri Donald Tusk ham Kremlni qoralagan. Germaniyaning bölajak kansleri Fridrix Mers esa zarbani «harbiy jinoyat» va «aql bovar qilmaydigan şafqatsizlik» deb atadi.