Fix Dessert Chocolatier savdo brendi ostida «Dubay şokoladi» sifatida sotilayotgan mahsulot inson salomatligi uçun xavfli. Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi şunday xulosaga keldi.

Qayd qilinişiça, inspeksiya mutaxassislari bu mahsulotning nazorat xaridini amalga oşirgan va namunalarni UzTest sinov laboratoriyasiga topşirgan.

Tekşiruvlar natijasida reglamentga nisbatan quyidagi nomuvofiqliklar aniqlangan:

- Mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), şuningdek, açitqi zamburuğlarning yuqori darajadagi mavjudligi;

- Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) va «Salmonella 25 g» bakteriyasining mavjudligi (me’yoriy hujjatlarda qat’iyan taqiqlangan).

«Bunday körsatkiçlar inson salomatligi uçun xavfli bölib, ayniqsa, allergik kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, mahsulotning taşqi körinişi ham texnik reglament talablariga javob bermaydi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotini tamğalaş xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamentning tegişli bandlari talablari buzilgan.