AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Kanada boş vaziri Mark Karni bilan uçraşdi. Amerika prezidenti yana bir bor Kanada AQŞning 51-ştatiga aylanişi mumkinligi va voqealarning bunday rivoji «köplab afzalliklar»ni taqdim etişini ta’kidladi.

«Köçmas mulk sohasidan bilasizki, şunday joylar böladi, heç qaçon sotilmaydi», — deydi Mark Karni Trampning bu mavzudagi bayonotiga javoban.

Amerika prezidenti esa «heç qaçon heç qaçon demaslik kerakligini» qayd etgan. Şu bilan birga, u Kanada boş vaziri bilan uşbu masalani muhokama qiliş niyatida emasligini bildirgan.

Donald Tramp bir neça bor Kanadaga AQŞga qöşilişni taklif qilgan. Ottavaning Vaşington bilan munosabatlariga mas’ul Kanada moliya vaziri Dominik Leblan Amerika yetakçisi «bu heç qaçon sodir bölmasligini bilsada, şu orqali odamlar orasida sarosima paydo qilmoqçi» ekanini aytgandi.

Amerika rahbari mart oyida yana bir bor Kanada «AQŞning 51-ştatiga aylanişi kerak» degan da’volarini takrorlagan va mamlakatni savdo hamkori sifatida ham tanqid qilgandi. Tramp Kanadaning sobiq boş vaziri Jastin Tryudo vakillarini tanqid qilib, ularni «jirkanç» deb atagan edi.