Kanadaning yangi boş vaziri federal saylovdan 1 hafta ötib, AQŞga taşrif buyurdi. Donald Tramp bilan muloqotda Mark Karni Kanada heç qaçon sotilmasligini eslatdi, AQŞ prezidenti esa “heç qaçon heç qaçon demang”, deya kinoyali javob qaytargan. Kanada konservativ partiyasi a’zosi Obidxon Mamadaliyevga köra, boş vazir safari heç nimani özgartirmagan bölsa ham, savdo bosimini pasaytirdi.
Jastin Tryudo boş vazirlikdan iste’fo bergandan söng liberallar öziga Mark Karnini lider etib tanladi. 28 aprel kuni Kanadada federal saylov ötkazildi. Unda kiçkina farq bilan liberallar konservatorlardan ustun keldi, lekin parlamentda mutlaq köpçilik – 172 örinni egallay olmadi, 168 öringa ega çiqdi. Ayni paytda liberallar 170 öringa egalik qilmoqda. Konservator partiyasi esa 143 örin egallab turibdi.
Kanada konservativ partiyasi a’zosi, yurtdoşimiz Obidxon Mamadaliyev Kun.uz bilan suhbatlaşarkan, saylovdagi oxirgi hafta muhim ahamiyatga ega bölganini gapirdi. Uning sözlariga köra, saylovga 3 kun qolganida konservatorlar lideri - Per Poiliyevr hamda uning rafiqasi haqida çiqqan xabarlar saylov natijalariga ta’sir körsatmay qolmadi.
Ma’lum bölişiça, Poiliyevrning venesuelalik rafiqasi öz amakisini daryo orqali mamlakat hududiga olib kirgan va legallaştirib, AQŞga jönatgan. Uşbu ma’lumot şiddat bilan tarqagan hamda saylovçilarning fikriga ta’sir qilmay qolmagan. Biroq, mağlubiyatga asosiy sabab – konservatorlarga Trampga xayrixoh degan qaraşdir.
Ya’ni Donald Tramp qayta prezidentlikka kelarkan, Kanadani AQŞga qöşib olişini gapirdi, özaro savdoda bojlar e’lon qildi. Yil boşida konservatorlar liberallardan 25 baho yuqorida edi va Per Poiliyevrning boş vazir bölişi deyarli aniq edi. Ön yillik hokimiyatdan keyin liberallarga konservatorlar antipatiya yaratib ulgurdi, biroq Trampning Kanada mustaqilligi va suverenitetiga qarşi bayonotlari unga xayrixoh bölişi mumkin deyilgan konservatorlar mağlubiyatiga asosiy sabab böldi.
Töğri, konservatorlar va liberallarning Kanada AQŞga berilmasligi yuzasidan qaraşlari bir xil. Ammo Trampning MAGA dasturi ijtimoiy-madaniy qismi konservatorlar qaraşlariga deyarli mos tuşadi, buni elektorat közdan qoçirmadi.
Kanada boş vaziri AQŞga taşrif buyurarkan, prezident Donald Trampga ba’zi joylar heç qaçon sotilmasligi, Kanada ham heç qaçon sotilmasligini eslatdi. Ğarb matbuotiga köra, muzokaralarda Tramp özini yaxşiroq tutgan, lekin boş vazir Karni uning hokimiyati ostidagi Kanadaning pozitsiyalarini aniq körsatgan. Savdo bojlari borasida esa yakuniy xulosa şu yilning yozida G7 sammiti çoğida bildiriladi.
Mark Karnining safari heç qanday natijani olib kelgani yöq, biroq savdo bosimini pasaytirdi, konservator bölsam ham uning safarini ijobiy baholayman, deydi Obidxon Mamadaliyev.
Bundan taşqari, yangi boş vazirning oldida inflatsiyani jilovlaş, uy-joy narxlari va köçmas mulkka egalik qiliş muammosini hal qiliş kabi muhim vazifalar turibdi.
“Bundan taşqari, boş vazir Karni endi Kanadani qayta birlaştirişi kerak. Çunki Tryudo davrida partiyalar bölinib ketgan va hamma bir-biriga muxolifatda edi. Ayniqsa, yangi demokratlar dard ustiga çipqon edi. Endi Karni butun Kanadani birlaştira olişi lozim. Bizning konservatorlar partiyasi liberallarni mağlub etolmadi, ularning strategiyasi kuçliroq çiqdi. Ammo yangi demokratlarni fraksiya sifatida ham parlamentdan yöq qildik”, - deydi Obidxon Mamadaliyev.
Suhbatni Kun.uz’ning YouTube ’dagi sahifasida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.
Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.















