Prezident Şavkat Mirziyoyevga Toşkent metropolitenini rivojlantiriş böyiça rejadagi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
Ma’lum qilinişiça, metropolitenni Toşkent traktor zavodi dahasigaça olib boriş rejalaştirilgan.
Bu böyiça ötgan avvalgi muhokamalarda Prezidentimiz loyihani mablağ va qulaylik jihatidan maqbullaştiriş vazifasini qöygan edi. Şu asosida tayyorlangan yangi taklifga köra, loyihani 2 bosqiçda amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.
Birinçi bosqiçda Çilonzor yölining Puşkin bekatidan Mirzo Uluğbek tumanining Feruza dahasigaça mavjud temir yölga parallel ravişda yer yuzasi böylab metro yöli quriladi.
Ikkinçi bosqiçda u yerdan Toşkent traktor zavodi dahasi şoh bekatigaça yönaliş barpo etiladi.
Hozirgi kunda şu tomondan poytaxtimiz markaziga bir kunda 47 mingta avtotransport, jami 194 mingta yölovçi kirib kelişi kuzatilmoqda. Rejalaştirilgan yangi yönaliş 85 ming yölovçini qamrab olişi kutilmoqda.
Taqdimotda loyihaning texnik va amaliy jihatlari batafsil körib çiqildi.
Eslatib ötamiz, ötgan davrda Yunusobod yöli Turkiston bekatigaça, Çilonzor yöli Sergeli tumanigaça uzaytirildi, Döstlik bekatidan Sergeligaça yerusti halqa metro yöli barpo etildi.

















