Putinning maslahatçisi Anton Kobyakov Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida SSSR huquqiy jihatdan hozir ham mavjud ekanini iddao qildi.

Uning sözlariga köra, SSSR 1922 yilda Xalq deputatlari qurultoyi tomonidan taşkil etilgan va aynan şu qurultoy tomonidan tarqatib yuborilişi kerak edi. Biroq, 1991 yilda bunday bölmagan. Şu sababdan uning örnida mustaqil davlatlar taşkil etişning huquqiy tartibi buzilgan va bu «SSSR hali ham qonuniy ravişda mavjud» ekanini anglatadi. Kobyakovning ta’kidlaşiça, şundan kelib çiqqan holda bu «Ukraina bilan uruşni «içki jarayon» deb ataş imkonini beradi».

SSSR hamon mavjud ekani maşhur fitna nazariyasi bölib, uning atrofida bir neçta harakatlar, masalan, özini «SSSR fuqarolari» deb atagan, Rossiya pasportidan foydalanişdan, armiyada xizmat qilişdan va kommunal xizmatlar uçun pul tölaşdan boş tortgan bir neça guruhlar paydo bölgan. 2022 yilda Rossiya Adliya vazirligi Samara viloyat sudi qarori bilan «SSSR fuqarolari» harakatini ekstremistik taşkilotlar röyxatiga qöşdi. Şu yili sud uning rahbari Sergey Taraskinni ekstremistik taşkilot tuziş moddasi böyiça 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Xuddi şunday qarorlar boşqa viloyatlarda ham qabul qilindi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR parçalangani va uşbu hodisaning oqibatlaridan afsusda ekanini bir neça bor aytgan, xususan, 2005 yilda buni «XX asrning eng katta geosiyosiy falokati» deb atagan va SSSR tarqatilişi haqidagi Belovejsk kelişuvlari Konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlagan.

Anton Kobyakov 2005-2012 yillarda prezident ma’muriyatida turli lavozimlarda işlagan, 2012-2014 yillarda prezident ma’muriyatini boşqargan, 2014 yildan esa prezident maslahatçisi lavozimini egallab kelmoqda.