Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Ukrainadagi harbiy harakatlar hududiga Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming kişi yuborilganini ma’lum qildi.

«Harbiy tergov boşqarmamiz reydlar ötkazmoqda. Rossiyaning 80 ming nafar fuqarosini „ovladik“, ular harbiy harakatlar hududiga boriş u yoqda tursin, hatto harbiy komissariatga ham borişni istaşmaydi. Bu 80 ming kişini „ovlab“, harbiy röyxatga kiritdik. Şuningdek, Özbekiston, Tojikiston, Qirğizistonda yaşaşni negadir yoqtirmaydigan 20 ming nafar „yoş“ Rossiya fuqarosini jang maydoniga jönatdik», – deydi Bastrikin.

Rossiya huquq-tartibot organlari muntazam ravişda reydlar ötkazib, Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarga çaqiruv qoğozlarini topşirmoqda yoki ularni harbiy komissariatlarga olib ketmoqda. Qator holatlarda fuqarolik olgan migrantlar Rossiya pasportini yöqotiş va mamlakatdan deportatsiya qiliş tahdidi ostida şartnomalar imzolaşga majbur bölmoqda.

2024 yil iyunda Bastrikin Rossiyada mamlakat fuqaroligini olgan, biroq harbiy hisobga qöyilmagan 30 ming çet ellik uşlanganini ma’lum qilgandi. Öşanda ularning 10 mingga yaqini front ortiga – «okoplar qaziş»ga yuborilgan.

Jang maydonidagi özbekistonliklar

Bundan oldinroq, Rossiya harbiylariga öz ixtiyori bilan asirga tuşişda yordam beriş uçun yaratilgan Ukrainaning «Xoçu jit» loyihasi Rossiya qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzgan va Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda qatnaşgan/qatnaşayotgan Özbekiston fuqarolarining nomma-nom röyxatini e’lon qilgandi. Özbekiston tomoni bu ma’lumotni tekşirmoqda.

Özbekiston Boş prokuraturasi va Adliya vazirligi özbekistonliklar uçun uçinçi davlatlar hududida va ular tomonida harbiy harakatlarda iştirok etiş jinoiy javobgarlikka tortilişi haqida bir neça bor ogohlantirgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra, yollaniş, ya’ni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.