Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy harbiy samolyotlarni loyihalaş va işlab çiqişga ruxsat beradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Davlat kompaniyalari va xususiy korxonalar ikki motorli qiruvçi samolyotlarni qurişda «tanlov asosida» «teng imkoniyatlarga» ega böladi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, hind firmalari «ham mustaqil, ham qöşma korxona yoki konsorsium sifatida» ariza berişlari mumkin. Bloomberğning yozişiça, şu kungaça Hindustan Aeronautics Limited davlat taşkiloti mahalliy aerokosmik sanoatda ustunlik qilib kelgan, xususiy kompaniyalar esa asosan samolyotlar uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş bilan çeklangan.
Naşr ma’lumotlariga köra, uşbu qadam Hindiston boş vaziri Narendra Modining Xitoy va Pokiston bilan davom etayotgan taranglik şaroitida mudofaa sohasida özini özi ta’minlaşga qaratilgan keng qamrovli intilişiga mos keladi. Bundan taşqari, Hindiston harbiylari Ukrainadagi harbiy harakatlar fonida muhim qurollarni mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş kerakligini qayd etib keladi.
«Hindistonga özining bir motorli Tejas qiruvçilarini yaratiş va işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun önlab yillar kerak böldi va endi uning oldida nisbatan qiyin vazifa turibdi — asosan Rossiyada işlab çiqarilgan samolyotlardan iborat eskirayotgan park uçun ikki motorli samolyotlarni quriş», — deyiladi xabarda.
2025 yil 22 aprel kuni Kaşmirning Hindiston tomonidan nazorat qilinadigan Pahalgam şahrida turistlar hujumga uçragan edi. 26 kişining ölimiga olib kelgan voqeada Hindiston Pokistonni ayblagan. Natijada, ikki mamlakat örtasidagi vaziyat keskinlaşdi. Bunga javoban Hindiston Qurolli kuçlari «Sindur» operatsiyani boşlab, Pokiston hududidagi terrorçilarning töqqizta obektiga zarba berdi.
28 aprel kuni Hindiston Fransiya hukumati bilan 26 ta Rafale-M va Rafale-D qiruvçilarini xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Bitimning umumiy qiymati 7,4 milliard dollarni taşkil etadi.

















