Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerika yetakçisi Donald Trampni Moskva bu talabni bajarişdan sönggi boş tortganidan söng Rossiyani töliq öt oçişni töxtatişga «undaş» uçun unga qarşi yangi qattiq sanksiyalarni tasdiqlaşga çaqirdi. «Ular buni hozirça boşqaça tuşunmayapti. Va biz buni adolatli deb hisoblaymiz», dedi Zelenskiy 2 iyun, duşanba kuni Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining Istanbuldagi uçraşuvidan söng jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

Uning eslatişiça, tört oydan köproq vaqt oldin «Amerika Qöşma Ştatlari öt oçişni töliq töxtatiş haqida öz işorasini bergan» va Kiyev ularni qöllab-quvvatlagan. Zelenskiy yangi sanksiyalar paketi tez orada AQŞ Senati tomonidan ma’qullanişiga umid bildirdi.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham Ukrainaning hamkorlariga Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş böyiça murojaat qildi. «Ruslar öt oçişni töxtatmaslik va uruşni davom ettiriş uçun hamma narsani qilmoqda. Yangi sanksiyalar hozir juda muhim. Ratsionallik - Rossiyaga tegişli emas», — deb yozdi u Istanbuldagi muzokaralar yakunlanganidan keyin Telegramʼda.

Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining Turkiyada bir soatdan ortiq davom etgan uçraşuvi çoğida tomonlar yangi harbiy asirlar almaşiş böyiça kelişib oldi, bunda 1000-1200 kişi öz mamlakatlariga qaytişi mumkin. Ukraina delegatsiyasi rossiyaliklarga Ukraina hududidan majburan köçirilgan, Kiyevga qaytişga intilayotgan yuzlab bolalar röyxatini topşirdi. «Ukrainalik bolalarning qaytişi adolatli va mustahkam tinçlikning ajralmas qismi va işonçning asosiy elementi, niyatlar samimiyligining birinçi sinovidir. Biz javob kutmoqdamiz. Töp Rossiya tomonida», — dedi Yermak.