Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oşiriş maqsadida «Sangardak» turistik markazi barpo etilmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, umumiy qiymati 913,3 milliard söm bölgan uşbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.

Markazda:
- 21 ta restoran, kafe va bar;
- 296 ta savdo nuqtasi;
- mehmonxonalar törtta — 3 yulduzli, ikkita — 5 yulduzli;
- 10 ta mehmon uylari;
- sanatoriy, madaniy hordiq maskani;
- 1,6 kilometr dor yöli, ziplayn va piknik hududlari quriladi.
Ta’kidlanişiça, quriliş işlari jadal sur’atda davom etmoqda. Dor yölining boşlaniş nuqtasi, tirgaklarni betonlaş işlari yakunlangan.
«Viloyat hokimi Uluğbek Qosimov «Sangardak» turizm majmuasi va Nilu mahallasini turizm qişloğiga aylantiriş loyihalari ijrosi bilan tanişdi. Loyihalar xalqaro talablar asosida, sifatli va samarali amalga oşirilişi ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.




















