Braziliyaning Praya Grande şahrida havo şari qulaşi oqibatida kamida sakkiz kişi halok böldi, deb xabar berdi Santa-Katarina ştati gubernatori Jorjino Mello.
Şar savatida jami 21 kişi bölgan. Ulardan 13 nafari, jumladan uçuvçi omon qolgan, bedarak yöqolganlar yöq, deb xabar berdi ştat hukumati matbuot xizmati.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin havo şari savatidagi yondirgiç tufayli boşlangan. Hodisa sodir bölgan vaqtda mintaqada havo oçiq edi.
Ma’lum qilinişiça, havo şari tibbiyot markazi yaqinida qulagan.
«Uçuvçining sözlariga köra, savat içida yonğin boşlangan, u apparatni favqulodda tuşira boşlagan va şar yerga juda yaqin kelganda odamlarga sakraşni buyurgan», – dedi voqea joyiga yetib kelgan jurnalistlarga Praya-Grande politsiyasi zobiti Tiago Luis Lemos.
«Yölovçilar sakraşni boşlagan, ammo ba’zilari bunga ulgurmagan. Alanga kuçayib, şar yana yuqoriga kötarilib ketgan. Keyinroq u şokilasi yöqolgani sababli qulab tuşgan», – deya qöşimça qildi politsiya vakili.

Jabrlangan 13 kişi yaqin atrofdagi şifoxonalarga yetkazilgan.
Gubernator Mello öz ixtiyoridagi barça resurslar jabrlanganlarga yordam beriş va halok bölganlarning oilalarini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilganini ta’kidlagan.
«Biz motamdamiz, sodir bölgan voqea – fojia, – dedi u. – Nima uçun bunday bölganini aniqlaymiz. Ammo hozir eng muhimi – odamlar va oilalarga yetib boriş uçun qölimizdan kelganini qiliş».
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X platformasida «qurbonlarning oilalari bilan birdamligi»ni bildirgan.
Uning işontirişiça, federal hukumat har qanday yordam körsatiş uçun mahalliy hokimiyat bilan yaqindan işlamoqda.
Praya Grande Santa-Katarina ştatining janubida joylaşgan bölib, maşhur sayyohlik maskani hisoblanadi. Şahar havoda sayohatga oid köngiloçar maşğulotlari bilan maşhur.

















