Eron parlamenti AQŞ tomonidan yadro obektlariga uyuştirilgan hujumdan keyin Hörmuz böğozini yopişni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat parlamentining milliy xavfsizlik va taşqi siyosat böyiça komissiyasi a’zosi Ismoil Kovsari ma’lum qildi.
«Uşbu masala böyiça yakuniy qaror Milliy xavfsizlik kengaşi tomonidan qabul qilinadi», — deydi u.
Hörmuz böğozi Fors va Ömon körfazlari orasida joylaşgan bölib, şimolda Eron, janubda esa Ömon bilan çegaradoş. Bu Fors körfazidan oçiq okeanga çiqiş uçun yagona dengiz ötiş yöli hisoblanadi. Dunyo neftining qariyb 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning katta qismi Hörmuz böğozi orqali ötadi.
Hörmuz böğozining yopilişi AQŞning 22 iyunga ötar keçasi Eron yadro obektlariga uyuştirgan hujumiga javob böladi. AQŞning Natanz, Isfahon va Fordodagi obektlarga qarşi operatsiyasi ötgan tunda boşlangan edi. Pentagon ma’lumotlariga köra, Eronni bombardimon qilişda 125 ta samolyot iştirok etgan. Xalqaro atom energetikasi agentligi AQŞ zarbalaridan keyin radiatsiya darajasi oşmaganini tasdiqladi.
Avvalroq ekspertlar agar AQŞ uruşga qöşilsa, Eron Hörmuz böğozini yopişi, dunyo iqtisodiyotida iste’molda bölgan neftning 20-30 foizi şu zahoti bloklanişi haqida gapirgan edi.


















