Buyuk Britaniyaning yirik mudofaa kompaniyasi — BAE Systems köp maqsadli törtinçi avlod Eurofighter Typhoon qiruvçi samolyotlariga talab yöqligi bois, ularni işlab çiqarişni töxtatib qöydi, deb yozadi Financial Times.
Qayd etilişiça, hozirda Uortondagi zavod 2017 yilda imzolangan 5 milliard funt sterlingli buyurtma doirasida oxirgi samolyotni Qatarga yetkazib berişga tayyorgarlik körmoqda. «Angarda bir dona qiruvçi qolgan. Aftidan, u jihozlaniş va böyalişini kutmoqda. Asosiy yiğiş liniyasi töxtatilgan bölib, u yerda işçilar yöq», — deydi kasaba uyuşmalari vakili.
Buyuk Britaniya hukumati 2009 yildan beri yangi Eurofighter Typhoon’ga buyurtma bermaydi, buning örniga Amerikaning F-35 qiruvçilarini xarid qilişga qaror qilgan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya bilan yangi eksport şartnomalari esa hozirça kelişilmagan. Talabning yöqligi BAE Systems’ni yaqin vaqt içida Buyuk Britaniyaning Global jangovar aviatsiya dasturi doirasida yangi avlod qiruvçilarini yaratişdagi iştirokidan mahrum qilişi mumkin.
Eurofighter Typhoon tarkibida BAE Systems, Airbus va Leonardo kompaniyalari bölgan Yevropa konsorsiumi tomonigan işlab çiqariladi. Bunda, har bir kompaniya alohida ehtiyot qismlarni işlab çiqaradi va yakuniy yiğiş jarayonlari ham özlarining zavodlarida amalga oşiriladi.
Buyuk Britaniya özining amaldagi Eurofighter Typhoon samolyotlarini modernizatsiya qiliş, jumladan, yangi radarlar bilan jihozlaş majrubiyatini olgan bölsada, u konsorsiumdagi yangi model uçun buyurtma bermagan yagona davlat hisoblanadi.

















