Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi lavozimini egalladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tegişli farmonni imzolagan.
Umerov mudofaa vazirligini 2023 yil sentabridan buyon boşqarib kelgan. Joriy yil 14 iyulida Zelenskiy Oliy Radaga boş vazir Denis Şmigalni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlaşni taklif qildi. Şmigalning örniga esa iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko hukumatning yangi rahbariga aylandi.
Bungaça Umerov Ukrainaning AQŞdagi elçisi lavozimiga asosiy nomzod sifatida körilayotgandi. Yakunda esa Vaşingtondagi diplomatik missiyani Ukraina boş vaziri örinbosari – adliya vaziri lavozimida işlagan Olga Stefanişina boşqaradigan böldi.
«RBK-Ukraina» manbalariga köra, endi Umerov Rossiya bilan muzokaralarga e’tibor qaratadi. Naşr aynan u Istanbul formatidagi muzokaralarda Ukraina guruhi tarkibida bölganini eslatgan.
Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi lavozimida 2024 yil martidan buyon işlagan (ilgari Ukraina taşqi razvedka xizmati rahbari bölgan) Aleksandr Litvinenkoning örnini egalladi.


















