Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan bölajak muzokaralar uçun delegatsiyaga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov boşçilik qilişini ma’lum qildi.
Zelenskiy öz telegram-kanalida Umerov hamda prezident devoni rahbari Andrey Yermak bilan uçraşuvi yakunlari böyiça Ukraina delegatsiyasi tarkibiga razvedka, Taşqi işlar vazirligi va prezident idorasi vakillari ham kirişi haqida yozdi. Uning qayd etişiça, Ukraina asirlarni ozod qiliş masalasida va «uşbu uruşni amalda yakunlaş» uçun bölajak oliy darajadagi uçraşuv masalasida «maksimal darajada samarali işlaş»ga tayyor.
«Ukraina heç qaçon bu uruşni xohlamagan va aynan Rossiya özi boşlagan uruşni yakunlaşi kerak», – deya ta’kidladi Zelenskiy.
Bundan oldinroq Zelenskiy Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning yangi bosqiçi 23 iyun, çorşanba kuni bölib ötişini aytgan edi. Moskvadagilar hali uçraşuv sanasini rasman tasdiqlamadi, TASS davlat axborot agentligi manbasi muzokaralar 24-25 iyul kunlari bölib ötişi mumkinligini bildirgan. Bugun Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hukumati «şu hafta»da muzokaralar ötkazilişiga umid qilayotganini aytdi. «Biz tayyor bölişimiz bilanoq, muddatlar böyiça xabar beramiz», – dedi u.
Peskov, şuningdek, muzokaralarning keyingi bosqiçidan heç qanday «katta yutuq» kutmaslikka çaqirdi va kelişuv mavzusi «murakkab» ekanini aytdi. «Möjizalar darajasidagi yutuqlarga umid qilişga, albatta, heç qanday sabab yöq, buning iloji bölmasa kerak», – dedi Kreml vakili va almaşinuvlar böyiça kelişuvlarga erişişni ham «samaradorlik» deb hisoblaş mumkinligini ta’kidladi. Peskov Moskva bundan keyin ham öz manfaatlarini ta’minlaş va «avvalboşidan qöyilgan vazifalarni bajariş» niyatida ekanini qayd etgan.
Rossiya va Ukraina 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda muzokaralarning ikki raundini ötkazgandi. Uşbu uçraşuvlar natijasida tomonlar asirlar va yaradorlarni almaşiş, şuningdek, halok bölgan askarlarning jasadlarini topşirişga kelişib oldi. Bundan taşqari, ikkinçi uçraşuvda Moskva va Kiyev vakillari öt oçişni töxtatiş böyiça öz şartlarini bayon qilgan memorandumlarni almaşdi.
Iyun oyidagi uçraşuvdan söng muzokara guruhlari tez orada yana uçraşişi taxmin qilingandi, ammo bu amalga oşmadi. Rossiya iyul oyi boşidan beri yangi uçraşuvlar ötkazilmagani uçun javobgarlikni Ukrainaga yuklay boşladi. Xususan, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva iyun oyida muzokaralarning yangi raundining aniq sanasini taklif qilgani, biroq javob olmaganini ta’kidladi
Volodimir Zelenskiy ötgan haftada hukumatni iste’foga çiqardi, xususan, may va iyun oylaridagi muzokaralarda ukrain delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Rustem Umerov mudofaa vaziri lavozimini tark etdi. Şundan keyin Zelenskiy Umerovni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi rahbari etib tayinlab, unga Moskva bilan «muzokara trekini faollaştiriş» vazifasi qöyilganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti 19 iyul kuni Kiyev Moskvaga muzokaralarning yangi raundini ötkaziş taklifini bildirganini aytdi.


















