The Korea Times naşrining yozişiça, sörov butun Janubiy Koreya böylab 5 million xonadon, jumladan, mamlakat aholisining 5 foizdan ortiğini taşkil etuvçi çet el fuqarolarini qamrab oladi. Anketa 20 ta xorijiy tilda, jumladan, özbek tilida ham taqdim etiladi.
Mavjud ingliz, xitoy, yapon, indonez, kxmer, möğul, nepal, rus, tay va vetnam tillariga yana 10 ta – bengal, birma, qozoq, qirğiz, laos, malay, singal, ukrain, urdu va özbek tillari qöşildi.
Mazkur gazeta ma’lumotiga köra, bugungi kunda Janubiy Koreyadagi özbek diasporasi 98 458 kişini taşkil qiladi.
Ta’kidlanişiça, onlayn muloqot ommabopligi tufayli turli raqamli qurilmalar uçun sörovnoma işlab çiqiladi va sörovda iştirok etiş uçun şaxsiy taşriflar qisqartiriladi.
2025 yilgi aholini röyxatga oliş mamlakatda birinçi aholini röyxatga olişning 100 yilligiga töğri keladi va Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik aholini röyxatga oliş böladi, deyilgan manbada.

















