Toşkentga uçinçi aeroport, Çorvoqqa uçinçi yöl quriladi. Özbekiston Yevropadagi davlatning vizasiz rejim taklifini javobsiz qoldirgani aytilmoqda. Xorijdan kelganlar OIVga majburiy test topşiradi. Muhokamada – maişiy korrupsiya; deklaratsiyalaş qonunidan esa hamon darak yöq. Kun.uz'da – hafta dayjesti.

Toşkent uçun uçinçi aeroport

Toşkent şahri janubida yangi xalqaro aeroport quriladi. Bu haqdagi rejalar juma kuni prezidentga taqdimot qilindi. Ma’lum qilinişiça, Toşkentga aviayölovçilar oqimi 2030 yilga borib 15 millionga yetişi kutilyapti, lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Şahar içida joylaşgani sababli, uni kengaytirişning ham iloji yöq. Şu sabab Toşkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurişga qaror qilingan.

“Boy tajribaga ega kompaniyalar bilan, davlat-xususiy şerikçilik asosida amalga oşiriladi. Tanlangan yer maydoni Toşkent şahridagi mavjud aeroportdan 17 km uzoqlikda, Toşkent şahriga nisbatan janubda. Toşkentni Samarqand bilan boğlaydigan mavjud avtomobil yöliga uzoq bölmagan joyda qurilişi rejalaştirilgan”, – dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Ma’lumot uçun, Toşkent şahri bilan Yangi Toşkent oraliğida “Toşkent-Şarqiy” aeroporti ham qurilyapti. Iyun oyida davlat rahbari quriliş işlarini borib körgan, öşanda Uzbekistan Airways raisi Şuhrat Xudoyqulov yangi aeroport tez orada oçilişini aytgandi. Şundan keyin barça charter reyslar şu aeroportga köçirilişi rejalaştirilgan.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov juma kungi taqdimotdan keyin pulli yöllar haqida ham ma’lumot berdi. Uning aytişiça, Toşkent–Samarqand pulli yölini quriş böyiça xalqaro tanlov ğolibi aniqlangan, quriliş işlari şu yilning özida boşlanadi. Bundan taşqari, Toşkent–Çorvoq yönalişidagi hozirgi avtomobil yöliga tegmagan holda, xususiy şerik bilan birga yangi yöl qurilişi ham közda tutilgan. Eslatib ötamiz, ötgan yili bu boradagi rejalar boşqaça edi: Toşkentdan Çorvoqqa olib boruvçi hozirgi mavjud ikkita yöldan bittasini asfalt-beton qoplama bilan qaytadan qurib, pulli yölga aylantiriş masalasi