Özbekistondagi eng yirik AYoQŞlar tarmoği bölmiş Carvon (sobiq UNG Petro) şoxobçalarida 13 avgustdan boşlab AI-80 markali benzin oşirilgan narxda – 1 litri 9100 sömdan sotilyapti.
"Avtostrada"ning yozişiça, ayni paytda yirik AYoQŞlarda narxlar quyidagiça:

Ötgan yili noyabrda Raqobat qömitasi tomonidan birjada AI-80 benziniga boşlanğiç narxdan 5 foizlik spred kiritilgan edi. Bu çeklov 10 iyundan boşlab bekor qilingaç, birja savdolarida bu mahsulot narxi keskin oşa boşladi. Xususan, 31 iyul kungi savdolarda örtaça narx 10 mln 937 ming sömgaça çiqdi. Bu – spred amal qilgan sönggi kun 9 iyundagi örtaça narx (9 mln 459 ming söm)dan 15,6 foizga yuqori.
Kun.uz bilan suhbatda Raqobat qömitasi boşqarma boşliği Uluğbek Davletov bu qimmatlaşişga izoh berarkan, birjadagi oşişga qaramay, çakana narxlarda özgariş bölmayotganini aytgandi. Spredning olib taşlanişi esa yaşirin iqtisodiyotni keltirib çiqarayotgani bilan izohlangandi. Şuningdek, Raqobat qömitasi rasmiysi AI-80 benzinining AYoQŞlardagi narxi oşgan taqdirda, spredni qaytariş masalasi kun tartibiga olib çiqilişini ham ma’lum qilgandi.
Avvalroq, Rossiya içki bozorda yoqilği narxining keskin qimmatlaşişi fonida benzin eksportiga taqiqni yoz oxirigaça kuçaytirgandi. Energetika vazirligi esa bu çeklov Özbekistonga taalluqli emasligini bildirgandi.
AI-80 narxi oşişi
2024 yil 1 yanvardan boşlab, aksiz soliği böyiça imtiyoz bekor qilingaç, AI-80 benzini narxi 6050 sömdan 6800 sömgaça oşgandi. Joriy yil 1 yanvaridan esa narxlar birdaniga 18,1 foizga qimmatlab, 1 litr uçun 6900 sömdan 8150 sömgaça kötarilgandi. Şu tariqa, oxirgi 17 oy içida AI-80 bahosi 50,4 foizga qimmatlaşdi.

















