11 avgust kuni “Özbekneftgaz” kompaniyasi “AI-92 benzini narxi arzonlaştirildi” degan sarlavhali bayonot bilan çiqqandi.

Bayonotda Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi boşlanğiç narxi tonnasiga 12 mln 881 ming sömdan 12 mln 628 ming sömgaça yoki 2 foizga tuşirilgani aytilgan.

“Bu, öz navbatida, 1 litr AI-92 markadagi avtobenzinning birjadagi boşlanğiç narxi 9 400 söm degani”, deyiladi kompaniya xabarida.

Ötgan davr mobaynida birjadagi narxlar 13 avgust kuni 12 mln 991 ming sömga kötarilgan bölsa, 22 avgust kuni 12 mln 633 ming sömgaça pasaygan. 25 avgust kuni savdolarda esa mahsulotning 1 tonnasi uçun narx 12 mln 855 ming sömni taşkil etgan.

Şoxobçalarda esa, narxlar oşdi. Xususan, Mustang va Poytaxt Oil AYoQŞlarida iyul oyi örtalaridan beri AI-92 narxi 10 500 sömdan 11 300 sömgaça yoki 7,6 foizga kötarilgan.

Goldenpages.uz ma’lumotlari asosida Kun.uz tayyorlagan jadval

Avvalroq, qator AYoQŞlarda AI-80 benzini narxi 9100 sömga kötarilgani xabar qilingandi. Bu markadagi benzin işlab çiqariş yaqin oylarda töxtalişi mumkinligini hisobga olsak, avtomobiliga gaz uskunasi qöyişni xohlamagan haydovçilarning yoqilği xarajatlari ança-munça oşadi.