Bir neça kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Moskva oblastida rossiyalik şaxs özbekistonlik mehnat muhojiri — taksistni haqorat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bölişiça, holat Ximki şahridagi turar joy majmuasida sodir bölgan.
Videoda rossiyalik kimsa haydovçiga: «Sen qulsan, ruslarning qulisan! Oğzingni oçma», deya baqirgani köringan. Şuningdek, u taksistga «Özbekistonda heç narsa yöqligi uçun bizga kelgansan. Sen uyingda emassan, işlaş uçun kelgansan, işingni qil» deya baqirgan. Şuningdek, u Özbekiston fuqarosini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilgan.
Özbekistonlik muhojir unga javob qaytarmagan va tinçlanişni sörab, ketib yuborgan. Guvohlarga köra, uşbu haqoratlar — taksi haydovçisi maşinasi bilan uyning hovlisiga kirişni qisqa vaqt tösib qöyganidan söng boşlangan.
Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgaç, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bu holatni tilga olmasdan bayonot berdi.
«Özbekiston Konstitutsiyasi, milliy qonunlar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga asosan, Özbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida bölişidan qat’i nazar, davlat himoyasida ekanini ta’kidlaydi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Ahror Burhonov, agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari yoki qadr-qimmati xorijda buzilsa, ular darhol qabul qiluvçi davlatning vakolatli huquq-tartibot organlariga murojaat qilişlari zarurligini eslatgan. Şuningdek, TIV sözçisi fuqarolar Özbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga huquqiy va konsullik yordami sörab murojaat qilişi mumkinligini bildirdi.
«Fuqarolarimizni xorijda himoya qiliş davlat siyosatining muhim yönalişi ekanini hamda bu mas’uliyat davlatning öz fuqarolari oldidagi majburiyatlari asosida amalga oşirilişini yana bir bor eslatib ta’kidlaymiz», deyiladi bayonotda.

















