Taşrif Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi Özbekiston-Germaniya qöşma korxonasining Namangan filialini taşkil etiş maqsadida taşkil etildi.

Namangan viloyati hokimi bilan bölib ötgan uçraşuvda taklif etilayotgan davlat-xususiy şeriklik loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha nemiszabon davlatlarda (DACH) vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarni iş beruvçilarning talablari va mazkur davlatlar ta’lim standartlari asosida kasb-hunar va nemis tiliga öqitiş, salomatlik va tibbiyot huquqi mutaxassisliklari böyiça tört yillik bakalavriat hamda ikki yillik magistratura yönalişlari böyiça ta’lim jarayonini yölga qöyiş, mahalliy mutaxassislarning kasbiy malakasini oşirişni qamrab oladi. 

Muloqot yakunida Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi Özbekiston-Germaniya qöşma korxonasi va Namangan viloyati hokimligi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi soğliqni saqlaş sohasi uçun yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boşqaruv kadrlarini tayyorlaş hisoblanadi. Muassasada özbek va nemis tibbiyot ta’limining özida mujassam etgan eng ilğor an’analari, standartlari va amaliyotini joriy etiladi.