4 sentabr, payşanba kuni Rossiya qöşinlari Ukrainaga yana havodan hujum qildi. Çernixiv şahar harbiy ma’muriyati rahbari Dmitriy Brijinskiyning sözlariga köra, Rossiya raketasi Novoselovka aholi punktiga kiraverişda nazorat-ötkaziş punkti yaqinidagi korxona hududiga kelib urilgani qayd etilgan.

Keyinroq Brijinskiy raketa zarbasi yerda işlayotgan minalardan tozalaş gumanitar missiyasi xodimlariga qarata berilgani haqida xabar qildi. «Ayni damda ikki kişi halok böldi, uç kişi yaralandi», — deb yozdi şahar harbiy ma’muriyati rahbari Telegramʼda.

Voqeadan taxminan bir soat oldin Ukraina havo kuçlari şimoldan Ukrainaga ballistik zarba berilişi xavfi haqida ogohlantirgan edi. Kundalik hisobotda bu haqda aytilmagan.