Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boşqarma boşliği, markaz direktori örinbosari, şuningdek, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining «Ta’lim sifatini baholaş, litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş departamenti» rahbari lavozimlarida işlagan.

2024 yil fevralidan buyon Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Öz navbatida, Azizbek Anvarjonoviç Turdiyev uning örniga Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Turdiyev bunga qadar Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri maslahatçisi vazifasida işlab kelayotgan edi.

Bundan taşqari, Baxtiyor Yöldoşev prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar «Yangi Özbekiston» universiteti prorektori edi.

Avvalroq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining uçala örinbosari ham işdan olingandi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 9 sentabr kungi selektorda ma’lum qildi.

Xususan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barça örinbosarlari – birinçi örinbosar Şohrux Daliyev, örinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov işdan olindi.

Şuningdek, prezident farmoni bilan, prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.