Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida, bugun 22 sentabr kuni körilişi lozim bölgan taniqli diniy ulamo Alişer Tursunov (Mubaşşir Ahmad) işi böyiça sud majlisi 29 sentabr soat 14:00 ga qoldirildi. Bu haqda sud majlisida bevosita qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sud qoldirilişiga sabab sifatida «sudya Bobur Rahimov ayni vaqtda boşqa sud majlisi böyiça maslahatga kirib ketgani va jarayon çözilayotgani» keltirildi. Şunga qaramay sud zaliga ulamoning özi ham IIV xodimlari hamrohligida olib kelindi va önlab fuqarolar zalga kiritildi.

18 sentabr kuni bölib ötgan törtinçi sud majlisida davlat qoralovçisi — Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev suddan Mubaşşir Ahmadni Jinoyat kodeksining 3ta moddasi böyiça aybdor, deb topişni söragandi. Xususan, prokuror Mubaşşir Ahmadga «özaro sanksiyalarni qöşiş yöli bilan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş» va «BHMning 150 barobari miqdorida jarima» qöllaşni söragan.

Advokatlar guruhi esa Alişer Tursunovdan 2 ta modda: «Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatiş» hamda «Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş» ayblovlarini olib taşlaşni söradi. Advokatlar, şuningdek materiallarni Din işlari böyiça qömita ruxsatisiz tarqatişga doir ayblovni qisman tan olib, bu harakat ijtimoiy xavfliligini yöqotganini bildirdi. Şu sababli, uni JK 70-moddasi tartibda bekor qilişni, tergov organlari rasmiylaştirib olgan texnika va aşyolarni qaytarişni söradi.

Şundan söng, sudya Bobur Rahimov 22 sentabr kuni ayblanuvçiga sönggi söz berilişi hamda hukm çiqariş uçun maslahatlaşuv xonasiga kirişini bildirgan edi.

Ma’lumot uçun, Alişer Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblov qöyilgan:

  • 244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş;
  • 244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş;