O‘zi nima gap?

29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasida o‘tgan ochiq muloqotda tadbirkor Usmon Abdusamatov qurilish uchun ruxsatnomalar va kadastr hujjatlarini olish bilan bog‘liq korrupsiyaviy “xarajatlar” bitta uy uchun 100-200 ming dollargacha yetishi mumkinligini aytib chiqdi.

Qurilish vazirligi tadbirkor bu da’vosi bilan “jamoatchilik orasida asossiz axborot tarqalishiga sababchi bo‘lgan va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning sha’ni, qadr-qimmatiga putur yetkazgan” deb hisoblab, Abdusamatovga javobgarlik choralari qo‘llashni so‘rab IIVga ariza kiritdi. Bu haqda vazirlik 20 sentabr kuni rasmiy kanalida axborot berdi.

Ayni keys jamoatchilikda so‘z erkinligi bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirib, keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Faollar tadbirkor aytgan tanqidi uchun jazolanishiga qat’iy qarshi chiqishyapti. Kun.uz shu munosabatlardan ayrimlarini keltiradi.

Kameraga maqtab-maqtab, hammasi zo‘r deb ketilishi kerak bo‘lsa, muloqotning nima zaruriyati bor?” – iqtisodchi

Iqtisodiy tahlilchi Otabek Bakirov vazirlikning bu xatti-harakatidan hayron qolganini aytarkan, muammolarni sanagan tadbirkorlar jazolansa, keyingi muloqotlarda hech kim dardini aytmay qo‘yishidan tashvishdaligini bildirdi