Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan Özbekistonga olib kirilgan katta miqdordagi narkotik moddalar töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyati Beşariq tumanida yaşovçi 33 yoşli fuqaro boşqaruvidagi Cobalt Tojikistondan Beşariq tumanidagi Rovot çegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida töxtatilgan. Avtomaşina közdan keçirilganda, uning yukxonasiga örnatilgan gazballoni içidan 53 dona öramda giyohvandlik vositalari topilgan. Ekspertiza xulosasiga köra, uşbu öramlarda 50 kg 852 gr opiy va 6 kg 927 gr gaşiş moddalari borligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida avtotransport egasi uşbu ajal oğusini Duşanbe şahridan olib kelayotganligi ma’lum bölgan.

Samarqand viloyatida qayd etilgan holatda Urgut tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan fuqaro Gentra maşinasida “Samarqand-Navoiy” yönalişida harakatlanib ketayotgan vaqtida Narpay tumani hududida DXX, Bojxona qömitasi hamda Içki işlar organlari xodimlari tomonidan töxtatilgan. Maşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning yukxonasida Tojikistondan olib kelingan 981 gr geroin moddasi borligi aniqlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa “Andijon – Namangan” yönalişida harakatlanayotgan VAZ 2106 maşinasi Norin tumani hududida töxtatilib tekşirilgan. Natijada, Andijon şahrida yaşovçi, 1979 va 1986 yillarda tuğilgan aka-uka ketayotgan maşina salonidan 1 kg 833 gr gaşiş moddasi topilgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan birining yaşaş manzilidan ham 1 kg 469 gr gaşiş moddasi olingan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu narkotik moddalar kelgusida sotib, mömay daromad topiş maqsadida Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelinganligi ma’lum bölgan. Ta’kidlanişiça, aka-ukalarning kattasi muqaddam aynan narkotik moddalar savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs bölgan.

Yana bir holatda esa Qirğiz Respublikasining Öş şahrida yaşovçi 40 yoşli fuqaro 3 kg 949 gr gaşiş moddasini Andijon şahrida şartli xaridorga 28 ming dollariga sotgan vaqtida qölga olingan. Aniqlanişiça, qirğizistonlik fuqaro uşbu ajal oğusini muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan qoldirib ketilgan Toşkent viloyatining Ohangaron tumani hududidagi xufiya joydan olgan.

Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.