Ukraina energetika vazirligi 2 oktyabr, payşanbaga ötar keçasi Kiyev viloyatining Slavutiç şahridagi energetika infratuzilmasiga Rossiya uyuştirgan aviazarba oqibatida uzilib qolgan Çernobil AES elektr ta’minoti töliq tiklanganini ma’lum qildi. Vazir Svetlana Grinçukning sözlariga köra, obektdagi radiatsiya darajasi nazorat darajasidan oşmaydi, aholi uçun xavf yöq.

Rossiya kuçlari 1 oktyabr, çorşanba kuni Kiyev viloyatining Slavutiç şahridagi energetika infratuzilmasiga zarba berişi oqibatida Çernobil atom elektr stansiyasi (ÇAES)ning 4- bloki ustidagi sarkofag elektr energiyasidan mahrum böldi. Ukraina energetika vazirligi stansiyada favqulodda holat yuz berganini da’vo qildi.

Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, elektr quvvatidagi keskin özgarişlar natijasida Çernobil AESning şikastlangan 4-blokini izolyatsiya qiluvçi va radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqalişini oldini oladigan asosiy obekt — Yangi xavfsiz konfaynment elektrsiz qoldi.

Prezident Volodimir Zelenskiy keyinroq xabar berganidek, Çernobil AESdagi blekaut uç soatdan ortiq davom etdi.

https://www.dw.com/ru/kiev-soobsil-o-vosstanovlenii-energosnabzenia-cernobylskoj-aes/a-74209409