Özbekiston elçixonasining tezkor va hamohang harakatlari, Ukraina Milliy politsiyasi hamda Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT)ning Ukraina va Moldova ofislari bilan hamkorlikdagi işi tufayli Kiyev viloyatida oğir ahvolga tuşib qolgan fuqarolarning 19 nafari vatanga qaytarildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
Ukraina OAVda 18 sentabr kuni Kiyev viloyatidagi issiqxonada majburiy mehnatga yaqin şaroitda bölgan hamyurtimiz haqida ma’lumot paydo bölgan. Bu vaziyat darhol diplomatik nazoratga olindi.
Özbekiston elçixonasi qisqa fursatda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning qonuniy huquqlarini tiklaş, Ukrainadan xavfsiz çiqib ketişi uçun hujjat va taşkiliy masalalarni hal etiş böyiça keng qamrovli çora-tadbirlarni yölga qöydi.
Muzokaralar natijasida barça 19 nafar fuqaroga rasman «jabrlanuvçi» maqomi berildi. Bu esa Ukraina qonunçiligiga muvofiq ularga nisbatan qandaydir sanksiya qöllaş imkonini istisno qiladi.
XMTning Ukraina va Moldova ofislari tomonidan bevosita moliyalaştiriş asosida 28 oktyabr kuni fuqarolar Kiyevdan Kişinyovga avtotransportda yetkazildi. Moldova poytaxtida böliş davrida ularga xavfsiz yaşaş şaroiti, ovqatlaniş va zarur kömak taqdim etildi. 2 noyabr kuni barça 19 nafar fuqaro XMT vakillari hamrohligida Kişinyov–Istanbul–Urganç aviayönalişi böyiça parvoz qilib, 3 noyabr kuni soğ-omon Özbekistonga yetib keldi.
Fuqarolarni qaytariş holati çet eldagi vatandoşlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça özbek diplomatiyasining izçil va samarali faoliyatining navbatdagi muvaffaqiyatli namunasi böldi, deyiladi xabarda.

















