Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi tuşişi kutilmoqda

Prezidentga farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş, sohaga investitsiyalarni jalb qiliş, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oşirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida import qilinayotgan dorilarning referent narxlarini şakllantirişda turli manipulyatsiyalarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar va takliflar böyiça axborot berildi. Hozir 7,6 mingta import dori vositasidan 4,9 mingtasi referent mamlakatlarning narx reyestrida mavjud emas.

Taklif etilayotgan çora-tadbirlarga köra, 2026 yil 1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi örtaça 40-50 foizga tuşişi kutilmoqda.

Boysundagi kondan yana gaz sizib çiqdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konidan gaz sizib çiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Energetika vazirligi bergan izohga köra, 2 noyabr kuni «M-25» konining 202-son gaz quduğida avvaldan yoqib qöyilgan olovning vaqtinça söniş holati kuzatilgan. Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan. Şundan söng havoga zararli moddalar tarqalişining oldini oliş maqsadida gaz tezkor ravişda yana yoqib yuborilgan.

Qayd etilişiça, uşbu jarayon atrof-muhit ifloslanişining oldini olişda standart yondaşuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga töla javob beradi.

Nikohdan ajralişlarning asosiy sababi fe’li töğri kelmasligi ekani ma’lum böldi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida oila institutini mustahkamlaş va nikohdan ajralişlarning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar qömitasiga parlament sörovini yuboriş masalasi