Qatarning Doha şahrida bölib ötgan xalqaro fan olimpiadasida “Al-Jabr” xususiy maktabi öquvçilari iştirok etib, bir qator yuqori natijalarni qayd etişdi. Ular matematika, mental arifmetika va ingliz tili yönalişlarida bellaşdi.

Musobaqada Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Qirğiziston, Livan, Tunis, Qatar va boşqa davlatlardan kelgan 250 nafardan ortiq iştirokçi öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi. Özbekiston vakillari matematika, mental arifmetika va ingliz tili yönalişlarida bellaşdi.

“Al-Jabr” maktabining uşbu musobaqadagi natijalari quyidagiça böldi:

· 1-örin — 26 nafar;

· 2-örin — 14 nafar; 

· 3-örin — 11 nafar; 

· oliy daraja — 10 nafar; 

· “Super Champion” unvoni — 9 nafar.

Şuningdek, muvaffaqiyatli qatnaşgan bir qator öquvçilar 2026 yilda Fransiyada ötkaziladigan xalqaro olimpiadaga yollanma qölga kiritdi.

Tadbirda iştirok etgan “Al-Jabr” maktabi direktori Matluba Karaxöjayeva quyidagilarni ta’kidladi:

“Al-Jabr” maktabi öquvçilari sönggi yillarda Qozoğiston, BAA va Qatardagi xalqaro olimpiadalarda iştirok etib kelmoqda. Bu safar ham bolalarimiz munosib natija körsatişdi. Eng muhimi — köplab öquvçilar Fransiyada böladigan keyingi bosqiçga yöllanma oldi. Bu tajriba kelajakda ularga katta foyda beradi, deb işonamiz”.

Öquvçilarni Toşkent xalqaro aeroportida ularni ota-onalari va ustozlari kutib oldi.

“Al-Jabr” xususiy maktabida öquvçilarga nafaqat nazariy, balki amaliyotga qaratilgan kasbiy ta’lim ham beriladi, bu esa ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Bu keng kölamli tajriba hamda Özbekistonning xalqaro ta’limdagi uluşini yanada oşirişga hissa qöşayotgan muhim qadam hisoblanadi.