Sklerozlaşgan panensefalit – qizamiq virusidan keyin paydo böladigan, miya töqimalarini asta-sekin yemiradigan kasallik. Aytişlariça Özbekistonda bu kasallikka çalingan bolalar soni 300 nafarga yetgan. Avvallari respublika hududida deyarli uçramagani sababli mazkur xastalikni davolaşga ixtisoslaşgan şifokor, preparatlar va davolaş çoralari mavjud emas. Ota-onalar Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa taşkilotlarga tinimsiz murojaat qilib, klinik protokol işlab çiqilişiga erişgan. Biroq ular mutassaddilarning vaziyatga yengil qarayotgani va davolaniş şaroitlari yetarli emasligidan norozilik bildirmoqda.

Özbekistonning ayrim hududlarida “sklerozlaşgan panensefalit” va uning oğir keçuvçi varianti – “ötkir osti sklerozlaşgan panensefalit” taşxisi qöyilayotgan bolalar soni ortib bormoqda. Norasmiy manbalar, ya’ni Kun.uz’ga murojaat qilgan ota-onalar hisob-kitobiga köra, uşbu kasallikka çalinganlar umumiy hisobda şu vaqtga qadar 300 nafardan oşgan, ularning qariyb 40 nafari vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarda esa 2025 yil fevral holatiga 133 nafar bola mazkur kasallik böyiça röyxatga olingan, ulardan 12 nafari hayotdan köz yumgani ta’kidlangan.

Aksariyat holatlar 2018–2019 yillarda tuğilgan, qizamiq bilan kasallangan yoki emlaşda keçikiş kuzatilgan bolalarda aniqlanmoqda. Toşkent, Farğona, Namangan hamda boşqa viloyatlardan murojaat qilgan ota-onalar farzandlari dastlab soğlom bölganini, biroq 2023 yildan boşlab harakat va nutqdagi buzilişlar kuzatilganini ta’kidlaydi. Ularning aytişiça, dastlab şifokorlar kasallikka aniq taşxis qöya olmagan, xastalik ayrim hollarda autizm yoki boşqa nevrologik muammolar bilan adaştirilgan

“Nevaram soğlom, quvnoq bola edi. Uyqudan turganda “dadajon, bobojon” deb yugurib kelardi. 2023 yil may oyidan boşlab har kuni yiğlaydigan, injiq bölib qoldi. Nevropatologga olib bordik, “bolang erka, soğlom” deyişdi. Keyin iyun oyining oxirlarida qusa boşladi, boş oğrişi paydo böldi. Avgust oyida esa meni tanimaydigan bölib qoldi. U paytda bola uç yarim yoş edi. Holati kun sayin yomonlaşdi. Yurib ketayotib, tösatdan yiqilib tuşadigan böldi. Muolajalar ta’sir qilmadi. Şunday vaziyatlar takrorlanaverganidan keyin Farğonadan Toşkentga olib keldik. Xususiy şifoxonalar “biz faqat kattalarni tekşiramiz, bolalarga qaramaymiz”, deb qabul qilmadi. Bolalar milliy tibbiyot markaziga olib bordik. U yerda nabiramga sklerozlaşgan panensefalit taşxisini qöyişdi”, – deydi Abdufattoh Mahmudov.

Namanganlik Borixon Mingboyevaning Azizbek ismli nabirasi 9 oylik çaqaloq vaqtida qizamiqqa çalingan. Kasallikdan söng soğlomlaşib, tört yoşgaça boğçaga qatnagan. 2023 yil sentabr oyida boğçada barça bolalarga antistrumin dorisi berilgan. Oila dastlab kasallik şundan boşlangan deb öylagan.