Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev sun’iy intellekt (SI) sohasini tartibga soliş töğrisidagi qonunni imzoladi. Qabul qilingan normalar, xususan, dipfeyklarni yaratganlik uçun javobgarlikni nazarda tutadi, deb yozdi Orda.

Qonun, şuningdek, sun’iy intellekt mahsulotlarining egalari va foydalanuvçilari sun’iy intellekt tizimlarini işlatişdagi rolini hisobga olgan holda javobgar bölişi va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontent tegişli ravişda belgilanişi (yorliqqa ega bölişi) kerakligini nazarda tutadi.

Mulkdorlar xavflarni boşqariş va xavfsizlik uçun ham javobgardir. Qozoğiston hududida «manipulyativ usullardan foydalanişi, mamlakat qonunlarini buzgan holda şaxsiy ma’lumotlarni töplaşi va qayta işlaşi» mumkin bölgan tizimlarni yaratiş va ulardan foydalaniş taqiqlandi.

Forbes naşrining yozişiça, Töqayev tomonidan imzolangan qonun mamlakat hududida ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanişini ham tartibga soladi. Ilgari ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanişiga faqat «Ostona» xalqaro moliya markazi hududida ruxsat berilgan edi.