Atmosfera havosi ifloslanişi böyiça avtomatik monitoring stansiyalari 2025 yil 20 noyabr kuni soat 09:00 holatiga quyidagi körsatkiçlarni qayd etdi:

  • PM10 mayda dispers zarraçalar miqdori — 299 mkg/m³, bu ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³)dan oşmagan;
  • PM2,5 mayda dispers zarraçalar miqdori — 202 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³)dan 3,4 baravar yuqori.

Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning keskin oşişiga havo haroratidagi özgarişlar ham ta’sir körsatgan. Haroratning keskin özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, bu esa mayda zarraçalarning pastki qatlamda töplanişi va atmosfera havosida ularning konsentratsiyasi oşişiga olib keladi.

Mas’ul idoralar mamlakat aholisi va Toşkent mehmonlaridan ehtiyot çoralarini körişlarini söramoqda. Jumladan:

  • oçiq havoda bölişni, ayniqsa uzoq vaqt yuriş va jismoniy faollikni çeklaş;
  • taşqariga çiqqanda, ayniqsa bolalar, keksalar va yurak-qon tomir hamda nafas yöllari kasalliklariga çalingan fuqarolarga niqob taqib yuriş;
  • imkoniyat boriça yopiq binolarda böliş va eşik-romlarni mahkam yopiş.

Havo sifati körsatkiçlari yuzasidan qöşimça ma’lumot va rasmiy tavsiyalar mutasaddi idoralar tomonidan e’lon qilib boriladi.