Qişning ilk qorli kunlari energetika tizimiga yuklamani oşirdi, natijada respublika böylab uzilişlar bölib turibdi. “Hududiy elektr tarmoqlari” mutaxassislari sovuq ob-havo şaroitida avariyalarni bartaraf etiş bilan şuğullanişmoqda.

Energetika vazirining matbuot kotibi Dildora Hoşimova öz Telegram-kanalida uzilişlar va ta’minotning tiklanişi haqida axborotlar berib boryapti. Kun.uz uning kanalidagi ma’lumotlar asosida 20 dekabrdagi uzilişlarni sanab ötadi.

AVARIYaVIY ÖÇIŞLAR

Toşkent şahri

Sergeli tumanida Mirob va Xontepa fiderlaridagi avariya sababli tumanning Xonobod va Namdanak mahallalaridagi jami 410 ta xonadon elektrdan uzilib qoldi. Uziliş kamida 16 soatga çözildi.

Bundan taşqari, xuddi şu Sergeli tumanining Sadoqat, Eşonbuloq, Sultonobod, Xonobod, Xonobod-tepa, Namdanak, Köhna Qumariq, Xontepa, Izzatli, Ziyolilar, Keng makon va Eski Jaloyir mahallalarining elektr ta’minotida ham avariyaviy öçiş kuzatildi. Uziliş kamida 19 soat davom etdi.

Yaşnobod tumanidagi Obişer mahallasida 210 ta, Olmazor tumanidagi Şifonur mahallasida 100 ta xonadonning elektr ta’minotida uziliş röy berdi. Bunga sabab – Ğalalkent va Kamolot-1 fiderlaridagi kiçik nosozlik.

Soat 18:14 da 110/35/10 kVli “Qatortol” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Oqibatda Uçtepa tumanidagi 600 ta xonadonning elektr ta’minotida qisqa muddatli uziliş kuzatildi. Nosozlik bartaraf etilgani haqida 22:44 da