IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markaziga köra, XCM moliyaviy piramidasidan hozirça aniqlangan jabrlanganlar soni mingdan ortiq. Uni tarğib qilgan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilgan: 5 nafariga intizomiy jazo qöllangan, 1 nafari işdan olingan. Hozirda XCM böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
23 dekabr kuni Içki işlar vazirligi madaniyat saroyida jurnalistlar iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda yil yakuni böyiça sohada qilingan işlar qatorida, OAV vakillarining savollariga javob berildi.
Xususan, vazirlikning Kiberxavfsizlik markazi direktori örinbosari Jahongir Sagdullayev Kun.uz muxbirining nima sabab XCM moliyaviy piramidasi yuzasidan çora köriş ortga surilayotganiga oid savoliga izoh berdi.
Uning aytişiça, bu böyiça hozirga qadar mingdan ortiq fuqarolar jabrlangani aniqlangan va tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilyapti.
“Bizga bu moliyaviy piramida töğrisida hanuzgaça fuqarolar tomonidan ariza kelib tuşgani yöq. Saytingizda e’lon qilingandan keyin biz içiga kirib örgandik. Bu piramidaning asosiy taşkilotçilari bugungi kunda çet elda faoliyat yuritayotgani hamda Özbekistondagi ofislari, liderlari, bunga xayrixoh bölgan şaxslar töliq aniqlangan. Ulardan dalilliy aşyolar olingan. Bu kriptovaluta, kriptoaktivlar körinişida bölganligi uçun hozirda Binance platformasiga sörov jönatganmiz. Javobi kelgandan keyin, albatta, qonuniy qaror qabul qilinadi.
Buning natijasini olmasdan turib, biz jinoyat işi masalasini hal qila olmaymiz. Şu sababdan bu yerda ozgina vaqt bilan boğliq masala bor. Hozir jabrlanuvçilarning har biri bilan alohida gaplaşilyapti”, – dedi Jahongir Sagdullayev.
Mazkur keysda jabrlanuvçilarning öziga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasiga asosan, ya’ni kriptoaktivlar bilan boğliq muomalani noqonuniy tarzda amalga oşirişgani sabab ma’muriy çora körilgan.
“Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Şu sababdan bu fuqaro böladimi, tarğibot qilgan xodimlar böladimi – barçasiga nisbatan zaruriy çoralar köriladi. Qonunçilik şuni nazarda tutadi. Uşbu moliyaviy piramidani taşkil qilgan yetakçilari, umuman asosçilari – barçasi aniqlanib, ularga ham zaruriy çoralar köriladi. Faqatgina hozir vaqt bilan boğliq masalamiz turibdi”, – dedi rasmiy.
















