Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
1 fevraldan boshlab Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kirishini ma’lum qildi.
Narxlar oshishi 14 ta yo‘nalish bo‘yicha eng minimal tariflar uchun taxminan 7 foizni tashkil etgan. Aviakompaniya sayohatni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishni tavsiya etmoqda.
Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boshlagan. 2023 yil oktyabrda prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.
Dorixonalarda spirt o‘rniga loson taklif etilayotgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasining «sirli mijoz» tadbiri doirasida 20 dan ortiq dorixonada tekshiruv o‘tkazildi. Shundan taxminan 25 foizida spirt so‘ralganda uning o‘rniga loson berilgani aniqlangan.
Qayd qilinishicha, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim spirt ishlab chiqaruvchilar litsenziya olmagan va spirt o‘rniga loson ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchilarga to‘liq ma’lumot berilmagani ularni chalg‘itgan.
Raqobat qo‘mitasi bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegishli xat chiqargan.
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etyapti, deb xabar








