Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Xorazm hokimliklarida 60 ga yaqin xodimning tadbirkorlik faoliyati aniqlandi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Hazorasp tumanida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida Xorazm viloyatidagi vaziyat keskin tanqid qilindi. 2025 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar 34 foizga kamaygani qayd etilgan bo‘lsa-da, ayrim xavf-xatar yuqori sohalarda profilaktika va bartaraf etish choralari yetarlicha ta’minlanmayotgani aytildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimliklarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 60 ga yaqin boshqaruv xodimlarining tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatidagi faoliyati saqlanib qolayotgani ma’lum bo‘ldi. 2025 yilda viloyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani hamda davlat xizmatida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga oid cheklovlar bo‘yicha qonunchilik talablariga amal qilmagani uchun 12 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan erkak Toshkent shahrida yashovchi tanishini o‘ldirish maqsadida yollanma qotil izlayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan. Shundan so‘ng, tezkor tadbirga shartli yollanma qotil jalb etilgan.

Buyurtmachi shartli yollanma qotilga o‘zi bilan kelishmovchiligi bo‘lgan shaxsni o‘ldirishni buyurib, buning evaziga 2200 dollar berishni va’da qilgan. 27 yanvar kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda buyurtmachi erkak shartli yollanma qotildan grimlangan murda fotosuratini olib, unga 2000 dollar bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiganlarning talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlari davlat granti yoki to‘lov-kontraktda o‘qishidan qat’i nazar, davlat budjeti hisobidan