Loyihaga köra, noyabr oyining ikkinçi yakşanbasini «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni» sifatida belgilaş taklif etilmoqda. Şu tariqa amaldagi “Tibbiyot xodimlari kuni” nomi kengaytirilib, farmatsevtika sohasi vakillari ham qamrab olinadi.

Buning uçun 2006 yil 12 sentabrda qabul qilingan «Özbekiston Tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonunga tegişli özgartiş kiritiş nazarda tutilgan.

Hujjatda farmatsevtika sohasining zamonaviy tibbiyotdagi örnini hisobga oliş, aholiga sifatli farmatsevtik xizmat körsatayotgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.

Şuningdek:

  • Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa manfaatdor taşkilotlar qonun ijrosini ta’minlaşi va uning mazmun-mohiyatini aholi örtasida tuşuntirişi belgilanadi;
  • Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini uşbu qonunga muvofiqlaştiradi hamda davlat organlarining tegişli normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqilişini ta’minlaydi.