AQŞ kuçlari Eronga zarba bergan vaqtda maktab ham nişonga olingan – New York Times
|01:55 / 07.03.202613 4679 min
Naşr töplagan yangi dalillar Minobdagi maktabga berilgan zarba – AQŞ kuçlari Eron harbiy-dengiz bazasiga qilgan hujumning bir qismi ekanini körsatmoqda. Bu esa «uşbu zarbani katta ehtimol bilan ular amalga oşirganiga» dalolat qiladi.
Minob şahridagi maktab (qizilda belgilangan) va Muhofizlar korpusi bazasidaMinob şahridagi maktab (qizilda belgilangan) va Muhofizlar korpusi bazasida
28 fevral kuni Eron janubidagi Minob şahridagi boşlanğiç maktabga berilgan zarba – AQŞ va Isroil Eronga hujum boşlaganidan beri tinç aholi orasida ma’lum bölgan eng yirik talafotdir. Hozirça heç bir tomon uşbu hodisa uçun mas’uliyatni zimmasiga olgani yöq.
New York Times naşri yangi e’lon qilingan sun’iy yöldoş tasvirlari, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va tasdiqlangan videolar asosida dalillar majmuasini töpladi. Unga köra, dalillar maktab binosi – Islom inqilobi muhofizlari korpusiga tegişli harbiy-dengiz bazasiga qilingan hujumlar bilan bir vaqtda aniq yönaltirilgan zarba natijasida jiddiy zarar körganini körsatmoqda.
AQŞ kuçlari Hörmuz böğozi yaqinidagi harbiy-dengiz nişonlariga hujum qilayotgani haqidagi rasmiy bayonotlar uşbu zarbani katta ehtimol bilan ular amalga oşirganidan dalolat beradi, deb yozmoqda NYT.
Bolalar darsda bölgan
Aniq nima sodir bölganini aniqlaşga qurol parçalarining közga taşlanmasligi va taşqi muxbirlarning voqea joyiga yetib boriş imkoniyati yöqligi tösqinlik qilmoqda. Umumiy qurbonlar soni hali mustaqil ravişda tasdiqlanmagan. Biroq Eron soğliqni saqlaş rasmiylari va davlat ommaviy axborot vositalari «Şajarayi Toyyiba» boşlanğiç maktabidagi zarba oqibatida kamida 175 kişi halok bölganini, ularning köpçiligi bolalar ekanini ma’lum qildi.
Minobdagi qabristonda maktabda halok bölgan bolalar va öqituvçilar uçun qabr qazilmoqda / Foto: Associated Press
Boşlanğiç maktab Tehrondan qariyb 1000 kmdan köproq masofada, muhim suv yöli bölgan Hörmuz böğozi yaqinidagi kiçik Minob şaharçasida joylaşgan. Şanba kuni Eronda iş haftasining boşlanişi bölgani sababli zarba berilgan vaqtda bolalar va öqituvçilar darsda bölişgan.
Zarbalar haqida birinçi bölib mahalliy vaqt bilan soat 11:30 dan biroz ötib ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilgan. Uşbu postlar, şuningdek, zarbalardan keyin bir soat içida olingan guvohlar fotosuratlari va videolarining tahlili maktabga harbiy baza bilan bir vaqtda zarba berilganini tasdiqlaşga yordam beradi.
Mavzuga oid
Zarbadan keyin maktabdagi qutqaruv işlari / Foto: Reuters
Geolokatsiya ekspertlari tomonidan aniqlangan videolardan birida baza va maktab hududidan kötarilayotgan bir neçta ulkan tutun bulutlari aks etgan. Tez orada Eron huquq himoyaçilari guruhi maktab binosiga yetkazilgan jiddiy zararni aks ettiruvçi suratlarni tarqatdi, Eron OAVlari tomonidan e’lon qilingan va NYT tasdiqlagan video va fotolarda esa vayronalar ostidan omon qolganlar va qurbonlarni qidirayotgan odamlar tasvirlangan.
Yana bir video Muhofizlar korpusi bazasiga kiriş joyidan ötib ketayotgan haydovçi tomonidan olingan. Videoda majmuaning ikki kiriş qismidagi Inqilob muhofizlari belgisi va harbiy-tibbiy qömondonlik belgilari köringan. Times tahliliga köra, harbiy binolar urilgan joylardan qora tutun bulutlari kötarilgan.
Baza içidagi zararni va unga nima sabab bölganini töliqroq baholaş uçun naşr «Planet Labs» provayderidan yangi sun’iy yöldoş tasvirlariga buyurtma berdi. Çorşanba kuni olingan surat voqealar ketma-ketligini yanada tasdiqladi. Tasvirlar şuni körsatadiki, bir neçta aniq zarbalar maktab bilan bir qatorda Inqilob muhofizlarining kamida oltita binosiga tekkan.
Evidence suggess the Feb. 28 strike that destroyed an elementary school in Minab, Iran, killing at least 175 people (many children), likely occurred during U.S. attacks on a nearby Iranian Revolutionary Guards naval base.
Harbiy-dengiz bazasi içidagi törtta bino butunlay vayron bölgan, yana ikkita binoning tomi markazida zarba izlari köringan, bu esa bunday aniq nişonli zarbalarga xosdir.
AQŞ ayni şu hududlarga zarba berganini e’lon qilgandi
AQŞ rasmiylari özlarining ommaviy bayonotlarida öşa kuni AQŞ samolyotlari maktab joylaşgan mintaqada operatsiyalar ötkazganiga işora qilgan.
Xususan, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Den Keyn çorşanba kuni ötkazilgan matbuot anjumanida AQŞ kuçlari öşa vaqtda Eron janubi böylab zarbalar berayotganini aytgandi. U taqdim etgan xarita operatsiyaning dastlabki 100 soatida Minobni ham öz içiga olgan hudud zarbalar nişoni bölganini körsatadi.
Foto: BBC
Xuddi şu brifingda general Keyn Isroil kuçlari asosan mamlakatning şimoliy qismida harakat qilayotganini aytdi. U, şuningdek, Eronning janubiy va janubi-şarqiy hududlarini nişonga olgan bir neçta AQŞ harbiy operatsiyalarini sanab ötdi va u yerda Isroil faolligi haqida töxtalmadi.
Maktab devor bilan ajratilgan edi
New York Times tomonidan körib çiqilgan 2013 yilgi sun’iy yöldoş tasvirlariga köra, maktab bir vaqtlar Inqilob muhofizlari harbiy-dengiz bazasining bir qismi bölgan. Bazaning boşqa hududlaridan şanba kuni zarba berilgan maktab binosiga yöllar olib borgan. Ammo 2016 yil sentabrdagi sun’iy yöldoş tasvirlari şuni körsatadiki, xuddi şu bino devor bilan ajratilgan va endi baza bilan boğlanmagan.
Foto: Maxar NYT orqali
Ommaviy foydalaniş mumkin bölgan tarixiy sun’iy yöldoş tasvirlari binoda maktabga xos belgilar, jumladan, vaqt ötişi bilan qöşilgan sport maydonçasi va boşqa dam oliş joylari borligini körsatadi.
«AQŞning razvedka imkoniyatlarini hisobga olsak, ular yaqin atrofda maktab borligini bilişlari kerak edi», dedi Stanford universitetining Inson huquqlari va xalqaro adolat markazida dars beradigan sobiq Davlat departamenti rasmiysi Bet Van Şaak.
Notöğri talqin va xalqaro huquqning buzilişi
AQŞ Harbiy-havo kuçlarida xizmat qilgan va Pentagonda tinç aholiga yetkaziladigan zarar masalalari böyiça katta maslahatçi bölgan milliy xavfsizlik tahlilçisi Ues Brayant yangi sun’iy yöldoş tasvirlarini közdan keçirdi va barça binolar, jumladan, maktab ham nişonga «mukammal» urilgan degan xulosaga keldi. Tramp ma’muriyatini tanqid qilib kelgan janob Brayantning aytişiça, eng ehtimoliy tuşuntiriş — bu maktabni «nişon sifatida notöğri aniqlaş» bölişi mumkin, ya’ni kuçlar bu yerda köp sonli tinç aholi bölişi mumkinligini anglamay turib hujum qilgan.
Maktab binosining sputnik tasvirlari. Zarbadan oldin va keyin / Foto: NYT
AQŞ rasmiylari zarba hali ham tergov qilinayotganini aytişmoqda. Agar «Şajarayi Toyyiba»ga tuşgan bomba Amerikaniki ekani tasdiqlansa, asosiy savol şuki, bu xatolik bölganmi yoki maktab eskirgan ma’lumotlar asosida nişonga olinganmi?
Oksford universiteti uruş qonunlari böyiça eksperti Janina Dillning aytişiça, hujum qiluvçilar tinç aholiga zarar yetkazilmasligini ta’minlaş uçun nişonga olayotgan narsasining «maqomini tekşirişlari» şart. Buni amalga oşirmaslik xalqaro huquqni buziş bölişi mumkin, deya qöşimça qildi u.
5 mart kuni Reuters naşrining manbalari ham AQŞ rasmiylari maktabga berilgan zarba uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga yaqin turganini qayd etgan. Xususan, harbiy tergovçilari 28 fevral kuni Minobdagi qizlar maktabiga berilgan zarba uçun katta ehtimol bilan AQŞ kuçlari mas’ul degan töxtamga kelişmoqda.
Isroil rad qildi, AQŞ hamon «örganmoqda»
Oq uy bu dalillarga javoban matbuot kotibi Karolin Levitning çorşanba kungi sözlarini qaytargan. U AQŞ maktabga havo zarbasi berganmi degan savolga «biz bilganimizça yöq. Harbiy departament uşbu masalani örganmoqda», deya javob bergandi.
Foto: Mehr News
Hujumdan keyingi bir neça kun içida AQŞ rasmiylari mas’uliyatni na tasdiqladi va na inkor etdi. Mudofaa vaziri Pit Hegset çorşanba kuni tergov ketayotganini aytdi. Isroil harbiy vakili Nadav Şoşani yakşanba kuni jurnalistlarga «hozirça u öşa vaqtda, u hududda Isroilning biron bir harbiy operatsiyasidan xabardor emasligini» bildirdi.