Donald Trampning maslahatçilari uni Eron bilan uruşdan çiqiş rejasini işlab çiqişga çaqirmoqda – The Wall Street Journal naşri yozişiça, ular uruş çözilişi AQŞ prezidenti uçun salbiy siyosiy oqibatlar keltirib çiqarişidan xavotirda.
Maslahatçilar fikriça, AQŞ Eronda allaqaçon barça maqsadlariga erişganini körsatiş kerak, deydi naşrga vaziyatdan xabardor manbalar. Ularning sözlariga köra, hozirça Trampning konservativ elektorati Eron bilan uruşni qöllab-quvvatlamoqda, biroq mojaro çözilib ketadigan bölsa, bunday qöllov darajasi pasayib ketişi mumkin.
Naşr suhbatdoşlari qayd etişiça, amerikaliklarning aksariyati uruşga qarşi ekanini körsatuvçi ijtimoiy sörovlar natijalari Trampga taqdim qilingan.
Bundan taşqari, maslahatçilar Yaqin Şarqdagi uruş tufayli yoqilği narxlari kötarilişi ham Trampning reytingiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligidan xavotirda.
AQŞ prezidenti ma’muriyatidagilar esa amerikaliklar Trampning harakatlarini qöllab-quvvatlaşiga şubha yöqligini aytişmoqda. «Amerikaliklarning mutlaq köpçiligi Eron rejimi tomonidan yaratilgan tahdidni töxtatiş va terrorçilarning öldirilişini qöllab-quvvatlaydi va bu – prezident Tramp erişmoqçi bölgan narsadir», – deya Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning sözlarini keltiradi WSJ.
AQŞ va Isroil 28 fevraldan buyon Eron böylab zarbalar berib kelmoqda. Eron esa bunga javoban AQŞning Fors körfazidagi ittifoqçilarini öqqa tutmoqda. Tehron neft va suyultirilgan gaz tranziti amalga oşiriladigan Hörmuz böğozini ham yopib qöyganini ma’lum qilgan. AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşi fonida jahon bozorida neft narxi keskin oşdi va bir barrel uçun narx 100 dollarga yetdi.


















