Donald Tramp NATO böyiça ittifoqçilarini Vaşingtonga Hörmuz böğozi orqali tankerlar va boşqa savdo kemalari ötişini blokdan çiqarişda yordam berişdan boş tortgani uçun keskin tanqid qildi, şu bilan birga, u AQŞ heç kimning yordamiga muhtoj emasligini ta’kidlagan.

Avvalroq AQŞ prezidenti dunyoning bir qança mamlakatlaridan, jumladan, NATO a’zolaridan Hörmuz böğozidagi kemaçilik xavfsizligini ta’minlaş uçun öz harbiy kemalarini yuborişni söragandi. Uşbu transport magistrali Eron tomonidan tösib qöyilişi neft narxi keskin kötarilişiga olib kelgan.

Seşanba kuni Tramp öziga tegişli bölgan Truth Social ijtimoiy tarmoğida uzun postlar yozib, «NATO böyiça „ittifoqçilar“ning köpçiligi AQŞning Eron terrorçilik rejimiga qarşi harbiy amaliyotiga aralaşişni istamasligi» haqida xabardor qilganini bildirgan.

Tramp bundan sira ajablanmagani, çunki NATOga doim «faqat bir tomonlama harakat mavjud bölgan köça» sifatida qaraganini aytgan: «Biz bu davlatlarni himoya qiliş uçun yiliga yuzlab milliard dollar sarflaymiz, lekin ular biz uçun, ayniqsa, oğir damlarda heç narsa qilişmaydi».

U AQŞ va Isroil Eron armiyasi, floti va harbiy-havo kuçlarini yakson etgani, şuningdek, Eronning «amalda barça darajadagi» yetakçilarini öldirganini takrorlagan.

«[Yaqin Şarqdagi] harbiy muvaffaqiyatlarimiz tufayli, biz endi NATO mamlakatlari yordamiga «muhtoj» emasmiz va ularning yordamini xohlamaymiz – biz heç qaçon bunga muhtoj bölmaganmiz», deya yozgan Tramp.

U bu gaplar Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyaga ham tegişli ekanini ta’kidlagan.

Beş mamlakatga iltimos

Keyinroq, Oq uyning Oval kabinetida Irlandiya boş vaziri Mixol Martin bilan uçraşuv çoğida Tramp NATO davlatlarini uruşdagi pozitsiyasi uçun tanqid qilişda davom etdi.

«Bizga heç kimning yordami kerak emas», – deydi AQŞ prezidenti jurnalistlardan birining savoliga javoban.

«Öylaymanki, NATO juda ahmoqona xatoga yöl qöymoqda. Hamma bizning fikrga qöşiladi, lekin heç kim yordam berişni istamaydi. Va biz, AQŞ, buni yodda tutişimiz kerak, çunki bu biz uçun juda ğayritabiiy körinmoqda», – degan u.

NATOdagi ittifoqçilariga qarşi javob çoralarini körişi ehtimoli haqidagi savolga javoban, u bunday rejalari yöqligini aytgan.