Eronning arzon dronlari qanday qilib uruş olib boriş usullarini özgartiryapti?
|02:33 / 31.03.202618 84510 min
«Eron 35 ming dollarlik dron bilan hujum qilayotganda AQŞ uni 4 mln dollar turadigan raketa bilan urib tuşirayotgan bölsa, xarajatlar notöğri yönalişda ekanini tuşuniş qiyin emas». Uşbu maqolada Eronga ustunlik berayotgan «dron matematikasi» haqida söz yuritamiz.
Fevral oyida namoyiş qilingan Shahed-136 droni – Tehron / Foto: AFPFevral oyida namoyiş qilingan Shahed-136 droni – Tehron / Foto: AFP
AQŞ va Isroil kuçlari 28 fevral kuni boşlagan va 4 haftadan ortiq davom etayotgan uruş davomida Eron harbiy kuçlarining katta qismi: ballistik raketa maydonçalari va mamlakat harbiy-dengiz flotining katta qismini yöq qilganini aytmoqda. Şu bilan birga, Eron saqlab qolgan afzalliklardan biri — Shahed dronlaridir.
Shahed nomi bilan tanilgan dronning köplab modellari mavjud, ammo eng köp qöllanadigani – delta qanotli Shahed-136. U bir marta foydalaniladigan, qaytib kelmaydigan, özini özi portlatadigan – kamikadze zarbdor dronidir.
Shahed droni havoda. Foto: Getty Images/AFP
Uni köp jihatdan sekin uçadigan, sodda qanotli raketa deyiş mumkin. Uning kengligi 2,5 metrdan biroz köproq va uzunligi 3,6 metr atrofida, maksimal tezligi soatiga 185 kilometr. U harbiy yoki oddiy pikapning orqa qismidagi relsli uskunadan uçiriladi.
Shahed droni ölçamlari / Foto: AFP
Havoga kötarilgaç, Shahed 2400 kilometrgaça masofaga uça oladi va 40 kg vaznli jangovar kallagi uçun nişonni topişda GPS’dan foydalanadi. Bularning barçasi har bir dron uçun taxminan 35-50 ming dollar atrofida xarajat evaziga amalga oşadi.
Dronlar Amerikaning raketa zaxiralarini tugatmoqda
Shahed dronlari — bu faqat AQŞ tomonidan nişonga olinayotgan katta zavodlarda emas, kiçikroq sexlarda ham yiğilişi mumkin bölgan, tayyor qismlardan yasalgan arzon qurollardir. Eron şu kabi dronlardan Amerika bazalari, havo mudofaa radarlarini nişonga oliş, elçixonalar binolariga hujum qilişda, arab davlatlarining muhim neft va gaz infratuzilmalarini urişda foydalanmoqda.
Eronning dron hujumlari oqibatida şu kunga qadar AQŞning kamida olti nafar harbiy xizmatçisi halok böldi. Dron BAA, Qatar, Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi neft va tabiiy gaz obektlari uçun haqiqiy dahşatga aylandi.
Bundan taşqari, kamikadze dronlari AQŞ va Isroilning tutib qoluvçi raketa (interceptor) zaxiralarini tezda tugatmoqda.
New York Times'ning yozişiça, «Shahed»lar tahdidiga qarşi kuraşiş uçun Fors körfazi davlatlari har biri millionlab dollar turadigan tutib qoluvçi raketalarni uçirmoqda. Uşbu past texnologiyali «vizillab» uçuvçi qurilmalar bilan şuğullaniş uçun deyarli töxtaş tezligigaça sekinlaşişga majbur bölgan qiruvçi samolyotlar havoga kötarilmoqda. Şuningdek, dronlarni osmondan pulemyotlar bilan urib tuşirayotgan Apache zarbdor vertolyotlari ham bor.
Uruşlarda yangi davr
Vox'ning «Today, Explained» dasturiga intervyu bergan Pensilvaniya universiteti professori, innovatsiyalar böyiça katta ilmiy xodim Maykl Horovit uşbu dronlar nimalarga qodirligi va AQŞ qanday qilib ularga qarşi tura olişi haqida tuşuntiriş berdi.
«Men kabi insonlarni xavotirga soladigan narsa şundaki, Amerikaning aviataşuvçi kemalari, odatda, juda yaxşi himoyalangan. Dronning özi heç qaçon Amerika aviataşuvçi kemasini yöq qila olmaydi. Ular şunçaki juda kiçik. Ammo ularning köp miqdori buni uddalaşi mumkin.
Foto: New York Times
Haqiqiy xavf şundaki, faraz qiling, siz bitta yoki yuzta emas, balki bir vaqtning özida 500 ta dronni Amerika aviataşuvçisiga qarata uçirdingiz. Hatto AQŞ ulardan 450 tasini urib tuşira olgan taqdirda ham, hali ham juda köp dronlar nişonga yetib boradi», deydi professor.
Eron uçira oladigan bu bir tomonlama zarbdor dronlarning kölami nafaqat infratuzilma va obektlarni, balki haqiqatan ham muhim harbiy nişonlarni, jumladan, AQŞ kemalarini ham uriş imkoniyatini yaratadi. Eron, ehtimol, bu dronlarning çeksiz miqdoriga ega emasdir.
Eronda qança dron bor?
«Eron ixtiyorida aniq qança dron borligini bilmaymiz, lekin ularda minglab borligini bilamiz. Şuningdek, Rossiya ham bir neça haftada özining Shahed-136 nusxasidan mingta yoki undan köproq işlab çiqariş qobiliyatiga ega ekanligini bilamiz. Eron ham taxminan şunday miqyosda iş tutiş qobiliyatiga ega bölişi mumkin.
AQŞ va Isroil, şubhasiz, ularning işlab çiqariş quvvatlarini nişonga olmoqda, ammo Eronning köplab işlab çiqariş korxonalari yer ostida joylaşgan va bu tizimlarni quriş uçun tijorat işlab çiqarişidan (oddiy sanoatdan) foydalaniş mumkinligi sababli, buni deyarli hamma joyda amalga oşiriş mumkin», deydi Horovit.
Professorning aytişiça, AQŞning Eronga qarşi özining birinçi aniq ommaviy tizimi — LUCAS dronini qöllaşni boşlagan. Lekin u ham hozirça ommaviy tarzda işlatilmayapti.
Amerika harbiy arsenali miqdordan köra – sifatga asoslangan. U dunyodagi eng yaxşilaridan biri bölgan, oz sonli, qimmat va işlab çiqariş qiyin bölgan tizimlarga ega bölişga tayanadi. Ammo ular mohiyatan «eksklyuziv» mahsulotlar sifatida işlab çiqilgan va ommaviy işlab çiqarilmagan. Muammo şundaki, endi bular yetarli emas.
«Agar Eron AQŞga qarata 35 ming dollarlik dron uçirayotgan bölsa va AQŞ uni – har bir öqi 1 million dollardan 4 million dollargaça tuşadigan qurol bilan urib tuşirayotgan bölsa, nimadir notöğri. Bu yerda xarajatlar egri çiziği notöğri yönalişda ekanligini tuşuniş uçun mudofaa böyiça rejalaştiruvçi böliş şart emas», deydi tahlilçi.
Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi / Foto: Department of War
AQŞ va uning Yaqin şarqdagi ittifoqçilari sönggi bir oyda Eronning aralaş hujumlarini qaytarişda asosan Patriot qisqa va örta masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini işlatmoqda. Patriot raketalarining har biri bir neça million dollardan boşlanadi hamda samolyotlar, qanotli va ballistik raketalarni yakuniy bosqiçda urib tuşiradi.
Eron qanday qilib bu qadar yaxşi qurollandi?
Ehtiyoj — kaşfiyotlarning «onasi»dir. Eron kabi davlat mintaqada kuçli xavfsizlik tahdidlarini his qilgan. Bu qisman Eronning öz mafkurasi bilan boğliq: agar siz «Amerikaga ölim» deb hayqirib yursangiz, u holda AQŞ va mintaqa davlatlari sizga beradigan ba’zi savollariga tayyor turişingiz kerak.
Eron 1980 yillarda Iroqqa qarşi uruş olib bordi. Eron yillar davomida turli qöşnilari bilan doimiy töqnaşuvlarda bölib keldi. Şunday qilib, Eron ança keng harbiy arsenal yaratdi. U AQŞ yoki Isroilniki kabi yaxşi emas. Ammo Eron uşbu arzon, uzoq masofali va aniq uroladigan ommaviy qurollarni işlab çiqişda kaşfiyotçi böldi. Keyinçalik ularni Rossiya bilan baham kördi.
AQŞ qanday himoyalanmoqçi?
AQŞda şunçalik katta pul sarf qilmasdan Eron dronlaridan himoyalanişning yöli bormi? AQŞda variantlar bor. Faqat u yerga yetib boriş uçun biroz vaqt kerak böladi.
«Ehtiyoj – kaşfiyotlarning onasi» bölgan yana bir davlat bu – tört yildan beri Rossiya bosqiniga qarşi turgan Ukrainadir. Ukraina deyarli har kuni Rossiyaning önlab Shahed (Geran) dronlari qurboni bölmoqda. Şu sababli u ham arzonroq havo mudofaa tizimlarini joriy etişda kaşfiyotçilik qildi. Masalan, ukrainlar öşa 35 000 dollarlik dronlarni yöq qiliş uçun yanada arzonroq dronlardan foydalanmoqda. Hatto ba’zi hollarda Ikkinçi jahon uruşi uslubidagi eski zenit qurollarini qöllamoqda.
Ukrainaning dronlarni tutib qoluvçi droni / Foto: MilitarNYI
Agar ança arzon bölgan uçuvçisiz dron milliard dollarlik aviataşuvçi kemani mağlub eta olsa, AQŞ uruş olib boriş usullarini qayta körib çiqişi kerak, yuz foiz.
Faqat uşbu nafis, qimmat va işlab çiqariş qiyin bölgan qurollarga tayaniş rejasi AQŞ uçun endi yetarli bölmay qoldi. Bu, ayniqsa, AQŞ duç kelişi mumkin bölgan Xitoy yoki Rossiya kabi eng murakkab potensial duşmanlarga qarşi uruşda töğri keladi.
Qöşma Ştatlar intilişi kerak bölgan narsa, bu yuqori va quyi kuçlar aralaşmasi – «high /low mix» deb ataladigan strategiyadir.
Maykl Horovitning aytişiça, ba’zi yuqori darajadagi tizimlar, masalan, Tomahawk raketalari va F-35 samolyotlari kabi texnologiyalar ham bölişi kerak. Şu bilan birga, uşbu arzonroq tizimlarning yangi tölqini ham bölişi lozim. Ularga 50 yil davomida saqlab qolinadigan narsa sifatida emas, balki arzonroq, bir marta foydalaniladigan va muntazam ravişda yangilanib turadigan vositalar sifatida qaraş kerak.
Keyin avlod uruşlari
Uruşning xarakteri har doim özgaruvçan. Men buni Birinçi jahon uruşida pulemyotlarning keng miqyosda joriy etilişi kabi deb öylagan bölardim, deydi tahlilçi. Bu uruşning xarakterini tubdan özgartirgan holat edi.
Masalan, öşandan keyin pulemyot hamma joyda uçraydigan qurolga aylandi. Hamma pulemyotga ega edi. Keyin Ikkinçi jahon uruşida janglarga ta’sir qilgan qurol – tanklar böldi. Va öşandan beri hamma joyda tanklar bor.
Rossiya-Ukraina uruşi va Eron bilan bölayotgan uruşda bizlar hozir körayotgan narsa — bu bir tomonlama zarbdor dronlardir. Gap şundaki, ular harbiylar uçun kerak bölgan yagona narsa emas, lekin ular endi kelajakdagi arsenalning ajralmas qismi böladi. Agar sizda ular bölmasa yoki ulardan himoyalana olmasangiz, demak, katta muammoga duç kelasiz.