Surxondaryoda katta miqdordagi narkotik modda töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Afğonistondan “Termiz avtoyöl” xalqaro ötkaziş punkti orqali kirib kelgan yuk maşinasi çuqurlaştirilgan tartibda tekşiruvdan ötkazilgan. U oldindan kuzatuvga olingan Denov şahrida yaşovçi 35 yoşli haydovçi boşqaruvida bölgan.

Maşina yukxonasida 750 dona afğon qozoni bölgan. Tekşiruvda ularning 210 donasi içiga xufiyona tarzda 190 kg 800 gramm gaşiş moddasi yaşirilgani aniqlangan. Uşbu afğon qozonlari işlab çiqaruvçi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlaridan biridagi xöjalik yurituvçi sub’yekt nomiga yuborilayotgan bölgan.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toşkent viloyatida qöşni davlatdan Özbekistonga 25 kg opiy va gaşiş olib kirişga uringan ikki şaxs qölga olingandi.