Toşkent şahrida 21 aprel kuni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda Kun.uz muxbiri 12 yillik ta’lim tizimiga ötiş qaçondan boşlanişi va u qanday işlaşi haqida savol berdi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari Şerzod Karimov bu masala atrofida köp muhokamalar olib borilayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, vazirlik vakili 12 yillik ta’lim tizimi qaçondan töliq joriy etilişi böyiça aniq muddatni oçiqlamadi.
Karimovga köra, rejaga asosan 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov bosqiçi rasmiy ta’lim tizimiga kiritilişi közda tutilgan. Bunda asosiy maqsad – bolalarni maktabga bir xil tayyorgarlik darajasi bilan olib keliş.
“Har bir bola maktabga tayyor holda kelişi kerak. Çunki uning keyingi öqişi şu bosqiçga boğliq. Hozir boğçadan töğridan töğri maktabga keliş 100 foiz emas. Şuning uçun barçani bitta darajaga olib keliş muhim”, — dedi u.
Uning ta’kidlaşiça, tayyorlov bosqiçida ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilib, bolalarga faqat oliy ma’lumotli pedagoglar dars berişi talabi qöyiladi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil sentabrida öşa vaqtdagi maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari Sardor Rajabov respublikadagi maktablar 12 yillik umumiy örta ta’lim tizimiga ötişini ma’lum qilgandi.

















