Soliq organlari savdo tuşumlarini şaxsiy kartasiga qabul qiliş orqali soliqdan qoçayotgan tadbirkorlarga nisbatan «ov» boşladi. Sanepidqömita Özbekistonda hantavirus böyiça vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Toşkentdagi bankda fuqaroning 500 ming dollar mablaği talon-toroj qilindi. Energetika vaziri gaz qazib oliş hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi. AQŞ bilan mehnat migratsiyasi böyiça yangi kelişuvlarga erişildi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Kartadan kartaga (P2P) pul ötkazmalari monitoringi boşlandi
Soliq organlari savdo tuşumlarini şaxsiy kartasiga qabul qiliş orqali soliqdan qoçayotgan tadbirkorlarga nisbatan «ov» boşladi. Internet foydalanuvçilari fuqarolarning soliq idorasiga çaqirilayotgani haqida yozmoqda. Tekşiruv doirasiga aynan kimlar tuşişi, şaxsning bank sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarning olinişi uçun belgilangan mezonlar oçiqlanmayapti.
Soliq qömitasi xabariga köra, P2P operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalaş va boşqa çoralar orqali joriy yilda budjetga qöşimça 30 trillion söm tuşumni ta’minlaş közda tutilgan.
Internetda P2P orqali savdo tuşumlarini yaşirişda gumon qilingan tadbirkorga soliq organi tomonidan yuborilgan ogohlantiriş xati surati ham tarqaldi. Unda yozilişiça, fuqaro savdo tuşumlarini şaxsiy bank kartasiga qabul qiliş orqali soliq bazasini yaşirgani «soliq organida mavjud ma’lumotlar hamda taşqi manba ma’lumotlari asosida» aniqlangan.
Özbekistonda hantavirus böyiça vaziyat barqaror – Sanepidqömita
Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida hantavirus infeksiyasi tarqalayotgani haqida xabarlar keng muhokama qilinmoqda. Şu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Özbekistondagi epidemiologik vaziyat barqaror ekanini ma’lum qildi.
Sanepidqöm raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekovning aytişiça, hozirgi vaqtda mamlakatda hantavirus bilan boğliq xavotirli holat kuzatilmayapti.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, hantavirus koronavirus kabi tez tarqaliş xususiyatiga ega emas va global pandemiyaga sabab bölişi ehtimoli past.
















